Ризобек Четверг, 2025-07-24, 05.46.17
Приветствую Вас Гость | RSS
Главная | | Регистрация | Вход
Меню сайта
    Статистика

    Онлайн всего: 1
    Гостей: 1
    Пользователей: 0
    Форма входа
    Главная » 2007 » Апрель » 5 » Suyunchi bering...
    01.18.21
    Suyunchi bering...
    Vatandoshlardan biri telefon qilib,''suyunchi bering'',deb qoldi.Ey,nima gap
    o'zi,xushxabar bo'lsa suyunchi sizdan aylansin,nima Karimov ketibdimi,deya so'rayman undan.
    He,yo'q meni politsiya ushladi,deydi kulib.Avvaliga juda hayratlandim.Chunki politsiya qo'liga tushib quvongan odamni hech uchratmaganman-da.
    Keyin undan yotigi bilan nima bo'lganligini so'ray boshladim.U esa menga quyidagilarni aytdi.
    ''Kechki payt gira-shira paytda velosipedda xirgoyini qo'yib kelayotsam,yo'lda ketayotgan politsiya mashinasi yonimga kelib,to'xtash ishorasini ko'rsatishdi,hayron bo'ldim, nima gap ekan,deb.Mashinadan ikki politsiyachi tushib ,oldimga keldida,''janob velosipedingizning chirogini yoqib oling,agar u yaroqsiz bo'lsa xavfda qolmasligingiz uchun manzilingizga etkazib qo'yamiz'',deb turishibdiku.Xollandga kelganimga yaqin 1,5 yil bo'lib qoldi, biror-bir politsiyachi to'xtatib,hujjat so'rab, yo biror narsa ,demagandi,mana nihoyat politsiya qo'liga tushdim,shunga suyunchi bering,deyapman''.
    Vatandoshning hangomasini tinglar ekanman,qaniydi O'zbekistonda ham shunaqa politsiya bo'lsaydi,deb xo'rsinib qo'ydim...

    Kamina.

    Жойлади: Маъмур
    Всего комментариев: 0
    Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
    [ Регистрация | Вход ]
    Copyright MyCorp © 2025
    Сайт управляется системой uCoz