Ammo,lekin,biroq degan sabablar borda. Harqalay Abdurahim Po'latovga rahmat.Ishqilib goyat chidamli,hattoki haqarotlargada dosh berib,o'z yo'lida davom etmoqda.Bular haqida nega yoza boshladim.Sababi,ko'pchilik qatori meni ham yaqinda O'zbekistonda o'tkazilishi taxmin qilinayotgan saylov befarq qoldirmaydi.Yo'q,ayrimlar o'ylaganday o'z manfaatlarim uchun emas,balki Vatanda yashayotganlarning hech bo'lmaganda to'yib non eyishlarini o'ylayman.Hech ko'z o'ngimdan ketmaydi.Qo'shnilarimdan birining bo''yga etgan yolgiz qizi bor edi.Hozir ham umid qilamanki bor.O'sha xushro'y qizchaga sovchilar juda ko'p kelishdi.Chunki uni ko'cha-ko'yda ko'rgan yigitlar yoqtirib qolib,ota-onalarini sovchilikka jo'natishardi,lekin ''non ushatish''ga kelganda ish chala qolaverardi.Xullas o'zlarigada egani non topolmagan oila,sovchilarga nonni qayoqdan olsin.Ayrimlar,''obqocha'',deyishlari aniq.Lekin holat ayni shunday.Nima demoqchiman.Chetda yurib, ayrim ''Birlik'',''Erk''chilar tirikchiligiga yordam berib turgan Abdurahim Po'latov millatdan nonni ayamasligiga ishonsa bo'ladi.Qashqadaryolik Vatandoshlarning Jahongir Mamatov va Muhammadbobur Malikovlarga maktublarini o'qib,umidvorlik ila bitilgan savollari va kengashsishni so'rashlari yurakni larzaga solmay iloji yo'q.Chunki ular,hamma muxolifatchilarni birlashishga sha'ma tariqasida murojaat etishgan.Maktubning magzini chaqib,e'tibor bilan o'qingga,bunga o'zingiz ham guvoh bo'lasiz. Hullas, Abdurahim Po'latovning saylovlarda Prezidentlikka nomzodini qo'yish imkoniyati bo'lganda unga ovoz berardim,lekin uning bu saylovlarda ishtirok etish imkoniyatlari umuman yo'q. Xuddi shu mavzuda so'z aytish barobarida yanglishmayapmanimi,degan andisha bilan ''Birlik'' partiyasi faoli Hayitvoy Qo'ziev bilan suhbatlashib, fikrini so'radim.Mana u nima,dedi:''To'gri,Abdurahim Po'latov mamlakatni boshqarish salohiyatiga ega,siyosiy etuk arbob,lekin uning saylovlarda ishtirok eta olish imkoniyati yo'q.Chunki Karimov uni nafaqat saylovda nomzodini qo'yish ,balki Vatanga kirishi uchun ham yo'l bermaydi...Lekin,Jahongir Muhammad misol tariqasida Vasila Inoyatova nomzodi haqida so'z aytgan.Bu juda o'rinli misol.Vasila Inoyatova bugun Prezidentlik saylovlarida o'z nomzodini qo'yish imkoniyatiga ega yagona muvofiq nomzod.Ehtimol,Abdurahim Po'latov ''o'z liderlik maqomimni boy berarkanmanda'',deya Vasila Inoyatovaga yon bermaslikni o'ylar.Lekin,agar iqtidorga muxolifatchilardan biri keladigan esa,keyin lider tanlash uchun imkoniyatlar ko'p bo'ladiku.Shu nuqtai nazardan qaraladigan bo'lsa Jahongir Muhammad taklif emas,misol keltirgan Vasila Inoyatova nomzodi bugun eng maqbul tanlov bo'ladi,deb hisoblayman''.Bu ''Birlik'' faoli Hayitvoy Qo'ziev fikrlari edi. Menimcha ham shunday.Siz nima deysiz?