Ризобек Четверг, 2024-11-14, 20.45.21
Приветствую Вас Гость | RSS
Главная | | Регистрация | Вход
Меню сайта
    Статистика

    Онлайн всего: 7
    Гостей: 7
    Пользователей: 0
    Форма входа

    Главная » 2007 » Апрель » 8 » 4.Orzulardagi Parijga sayohat
    01.23.10
    4.Orzulardagi Parijga sayohat
    Mana,Eyfel minorasidan atrofga boqib,biroz hssiyotlarni jilovlab olib,yana Parij ko'chalari bo'ylab sayohatni davom ettiramiz.
    Lekin sayohatni piyoda yurib o'tkazishga nima etsinku-ya,ammo, bir necha kun emas, oylab yurib ham uning butun borligini o'rganolmaysizda.Shuning uchun keling,yaxshisi Sena daryosi bo'ylab ,qayiqqa o'tirib tomoshani davom ettiramiz.Men,qayiqqa o'tirib olib o'nggu so'lda ko'rganimni bilganimcha aytaveraman,Siz esa eshitaverasiz.Demak,kelishdik.
    Parijda 34 ta ko'prik bor.Qayiq bilan ularning hammasining ostidan o'tishga harakat qilamiz.Lekin qayigimiz eshkakli emas,o'zisuzar kemacha.Shu bois charchab qolmaymizmi,deb xavotirlanmang.Xullas,ko'priklardan eng ko'hnasi bu "Qirol ko'prigi''.Ha,aytgancha hamma ko'priklarning o'z nomi bor.''Qirol ko'prigi'' aytishlaricha parijliklarga qirol Lyudovik XIV tomonidan tuhfa etilgan.
    1900 yilda halqaro ko'rgazmalar uchun me'mor Lalu tomonidan qurilgan avvalgi D'orse vokzali,hozirda XIX asr san'atining eng katta muzeyiga aylangan.Bu muzeyda Renuar,Mone va boshqa ko'plab ijodkorlar asarlari bilan tanishishingiz mumkin.
    Le Notrom tomonidan asos solingan Tyuilri bogi goyat go'zal.O'rta asrlarda bu bog o'rnida tomga yopish uchun tyuil(bizda qoraqogoz ham deyiladi) ishlab chiqarilgan,shuning uchun ham bog nomi TYuil deyiladi...
    Ey,aytaversam Parij tarixiy yodgorliklarga goyat boy.Yahshisi yuz bor eshitgandan ko'ra bir bor borib,ko'rib kela qoling.Hammasini aytib qo'ysam qizigi ham qolmaydi-da.Siz kelib-ko'rib qolganini boshqalarga aytib berarsiz...
    Mabodo Parijga borish imkoniyati yo'q vatandoshlar orzungiz ushalmay qolishidan o'kinmang.
    Chunki o'zbek boshiga bitgan zolim shohning ham kuni bitib qolar.So'ng Siz albatta Parijga bemalol kela olasiz.Men bunga ishonaman.

    Rizo Obid.

    Жойлади: Маъмур
    Всего комментариев: 0
    Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
    [ Регистрация | Вход ]
    Copyright MyCorp © 2024
    Сайт управляется системой uCoz