''Ozodlik'' radiosining Toshkentdagi idorasi yopilib qolgunga qadar,shu radio hamkori bo'lgan ustoz Nosir Zokir ajoyib inson.U nima bilan shugullanmasin,astoydil kirishib,shu ishning u yogidan kirib,bu yogidan chiqadigan inson. U ijodkor,u san'atkor.Chin ma'nodagi san'atkor.Nosir Zokir dutor chertganda har qanday tosh yuraklar erib ketadi.Ayniqsa klassik musiqa ijrosida unga teng keladigan kam topiladi. Nosir Zokir hayotida hangomalar ko'p bo'lgan.Ular ataylab bitilgan emas.Balki hayotiydir.Shu bois ham e'tiborga molik.Shulardan birini aytib bermoqchiman. O'shanda O'zbekistonda ''Ozodlik'' radiosi idorasi ishlab turgan,atrofdagi hamkorlari garchand o'z hududlarida turib ham maoshlarini olish imkoniyatlari bo'lsada,hech bo'lmasa bir oyda bir diydorlashish bahonasida maoshlarini Toshkentga kelib,olib ketishardi. Shunday kunlarning birida Nosir Zokir Toshkentga kelib,ittifoqo Chexiyadagi hamkori Sarvar Usmonni uchratib qoladi.Sarvar Usmon O'shga borishi kerak edi.lekin Nosir aka unga:''O'ktambek,ketdik,Namanganni bir ko'rib,keyin Oshga ketaverasiz,''deb birga-birga Namanganga borishga ko'ndiradi. Yo'l-yo'lakay Qamchiq dovonida hordiq chiqarib,Namanganga etay ,deganda charchoq sezgan Nosir Zokir ham,Sarvar Usmon ham uyqu ilinib pinakka ketishadi.Ularni olib borayotgan haydovchi ham shunday.Haydovchi Namanganning Chust tumaniga etganda mashinasini yonilgiga to'yintirish (zapravka) uchun to'xtaydi.Nosir aka ham,Sarvar Usmon ham biroz yozilish uchun mashinadan tushishadi.So'ng yana yo'lda davom etishadi. Namanganga etib kelib,Nosir aka:''qani O'ktambek,tushing,''deb orqa o'rindiqqa qarasa Sarvar Usmon yo'q. Nosir aka:''Ie,Sarvar Usmon qani?''.deya haydovchidan so'raydi.Haydovchi hayron elka qisadi.Ma'lum bo'lishicha,Chustda mashinani to'yintirgani to'xtashganda,Sarvar Usmon yozilgani tushib,bular uyqusirab,uning mashinaga o'tirgan-o'tirmaganiga qaramay jo'navorishkan ekan. Nosir aka,''hayda orqaga,Sarvar Usmonni olib kelamiz'',degndagina haydovchiga o'ziga kelibdi.Ana shunaqa hangomalar. Kecha,Nosir aka bilan telefonda gaplashdim.O'zbekiston televideniesida mening nomaqbul insonligim xususida hujjatli film namoyish etishibdi.Ha,men nomaqbul insonman.Chunki Karimov do'mbirasiga o'ynamadim. Bu,yangi hangoma.Uni kezi kelganda boshqalar eslab yurishar.Hozircha bu hangomaga to'xtamoqchi emasman. Rizo Obid.