''Turonzamin'' ro'znomasida ''Birlik'' partiyasi raisi Abdurahim Po'latovning ikki oy nari-berisida O'zbekistonga qaytishi, Toshkentda partiya faollari yigilishi bo'lib o'tganligi haqidagi xabarni o'qigach,Namanganga ''Birlik'' faoli,jurnalist Nosir Zokir bilan telefon orqali boglandik va undan yigilish tafsilotlari haqida so'zlab berishini so'radik. Mana Nosir Zokir bizga nimalar dedi:''Yigilish bo'lishidan bir kun avval Abdurahim Po'latov qo'ngiroq qilib,mening ishtirok etishimni va viloyatda shu yigilishda qabul qilingan qarorlar yuzasidan faollar yigini o'tkazishni so'radi.Lekin,uning O'zbekistonga qaytishi xususida hech qanday gap bo'lgani yo'q.Men,Toshkentda yigilishda ishtirok etish uchun yo'lga chiqib Namangan-To'raqo'rgon militsiya postiga etgach,Namangan IIB boshligi o'rinbosari Sotilboldiev:''uyingizga borib,tinchgina o'tiring'',deya qaytarib yubordi.''Birlik'' yiginida ishtirok etolmadim.Qanday qaror qabul qilinganini ham bilmadim.Lekin,Abdurahim Po'latov zo'r siyosatchi,arbob,shunday ekan ,men u kishiga ishonganim uchun qanday qaror qabul qilinsa ham qo'shilishaman,deb telefonda aytdim.Gapning ochigi,2003 yilda xuddi shunday :''Abdurahim Po'latov Vatanga qaytar ekan,deb gap tarqagan edi.Uning qayta olishi qiyin,tushunolmayman.Namanganda ''Birlik'' a'zolari sanoqli qolgan.Xabaringiz bor Mamadali Qoraboev qamoqda...Lekin indamay turing,bu yoqda boshqacha zo'r ishlar bo'lyapti.Odamlar to'lib bo'ldi.Yaqin orada hamma chetda yurgan vatandoshlar qaytib kelasizlar xudo xoxlasa''... Nosir Zokir so'zlaridan ''Birlik''chilarning O'zbekistondagi siyosiy vaziyatga ta'sir eta olish imkoniyatlari qay darajadaligini anglab olish qiyin emas.