Boshing aylandimi dunyo makridan, O'zing har yon urib,to'lganmoqdasan. Na qalam buysunmas va nada qogoz, Alamli so'zingga bulganmoqdasan? Ha,shunday odamzot goyatda ojiz, Bir so'z qarshisida qarsillab sinar. Shundayin dunyoning makrlari bor, Imtihon qiladi,har damda sinar. Dunyo makrlari quchogin ochib, Va'dalar etajak shirin bo'salar. Makrga lab bosib,qonmoq bo'lganlar, Kuyib qolishar-u,so'ngda qocharlar. Parvona misoli shu'la tomonga, Talpingan biladi,kuymoq zavqini. Dod solib,mana men kuyaman,degan, Balki cho'chinishning surar gashtini. Boshing aylandimi dunyo makridan... Rizo Obid.
|