Siz hov osmondasiz,biz esa erda, Oyogingiz uzilgan zamindan baland. Siz farishtasiz,oppoq,begunoh, Biz esa osiylar yaratgan Olloh. Siz biram kuchliki,o'h-ho'v tengi yo'q, O'zingiz sanaysiz birinchi Xudo. Biz uchun bu dunyo o'tkinchi dunyo, Siz esa Fi'ravn aslo tengi yo'q. Siz hechda o'lmaysiz,boqiy yashaysiz, Dunyoni orqalab yuraverasiz. Biz, yo rab, bu dunyo omonatlari, Siz esa ustunsiz turaverasiz. Sizga shu maqtovlar yoqar bilamiz, Siz poshshoyi olam,desak kulasiz. Ammo bir so'z aytay,eshitib qo'ying, Siz o'sha osmonlarda go'rsiz o'lasiz. Rizo Obid.
|