''Eng katta xato,odam o'zini hamma narsada benuqson,deb bilishidir'',degan ekan donishmandlardan biri. Agar shu nuqtai-nazardan qaraydigan bo'lsak,nimadan keyin nima keladi,yohud nimadan so'ng nima bo'lishini oldindan aniq bila olganimizda edi,hech xatoga yo'l qo'ymagan bo'larmidik,deb o'ylab qolasan kishi. Bugun,O'zbekiston jamiyatida nuqsonni fazilat sifatida ko'rish odatiy holga aylangan.Hattoki ,xatoni qilib ham, keyin uni bartaraf etish harakati yo'q.''Mol egasiga o'xshamasa harom o'ladi'', deganlaridek, go'yo hamma jahannam yoqasiga Karimov bilan birga-birga qo'l ushlashib borayotganday. Aksiga olib, muxolifatchilar,degani ham O'zbekiston jamiyatiga hamohang. O'zbek muxolifati ''dohiylari''da o'zlarida umuman nuqson yo'q,deb hisoblashadi. To'gri ,hamma ham adashadi.Lekin,o'zbek muxolifati yuz marta hassassini yo'qotgan esada,hanuz tentirab yurgan gumrohni eslatadi. Endi muxolifatni tanqid qilib turuvchi menga o'xshaganlar ham,aniq bir yo'lni ko'rsatib berolmaymiz,chunki biz ''dohiylarga'' ergashgimiz keladi.Lekin dohiylar menga o'xshaganlarni u ko'chadan bu ko'chaga etaklab,o'ziga qo'shib gumrohga aylantirishga urinadi. Millatimizda bir gap bor.Hozir yodimga tushib qoldi.Ya'ni biror ishni chala qilgan kishiga nisbatan ''ha,go'ra'',deb qo'yishadi.Go'ra - aytmasam ham bilasiz, pishmagan,degani.Lekin o'zbek muxolifatiga pishish uchun yana qancha muhlat kerak? Hali biror bir manbada, biror bir muxolifatchining qo'lini ko'ksiga qo'yib,''bizning xatolarimiz mana bu,mana bular,uni tuzatish uchun mana bu,mana bularni qilishimiz kerak'',degan kalimani uchratmadim.Ha,endi xudo hay bersin,yaqinda maktub yozgan O'zbekiston ''Ezgulik'' jamiyati raisi Vasila Inoyatova,biroz kamchiliklarni o'kinch aralsh tilga oldi.''Saflarimiz tarqoq'',deb aytdi.Nega tarqoq,nega birlashmaydi?Kim aytadi? Salkam 20 yillik tarixga ega muxolifat chetda yurib ham sariq chaqagada arzigulik bir maktab yaratish tugul,o'zida bir durustroq saboq ololmagan.O'zi go'ra muxolifat, biz kabi go'ralarga qanday saboq bera olsin. Eng afsuslanarlisi vaziyatni to'gri baholay oladigan barmoq bilan sanoqli tahlilchi- siyosatchilargada quloq osishni xuddi Karimov kabi or sanaydilar.Men bunday tahlilcilar safiga Jahongir Mamatov,Muhammadbobur Malikovlarni qo'shgan bo'lardim.Ular hokimiyat tizlmalarida ishlagan,davlatchilik sir-sinoatlarini hammadan ko'ra yahshiroq bilishadi.Bizning muxolifat lideriman,deganlar esa hokimiyat boshqaruvini titrab turgan misralarga yohud 2x2=? ning javobini topish,deb bilishadimi ,deya hayron qolasan kishi.Prezident bo'laman,deganlarga,''hov mana bundoq qilgin,maqsadingga etasan'',deyishsa yuqorida nomlarini aytganim davlatchilikda tajribasi borlar, allaqanaqangi shirillatarlar esa oradan chiqib, kun quruq emas ularning sa'yi-harakatlarini yo'qqa chiqarishga tirishadi.Lekin ming tirishib, bir narsaning uddasidan chiqolmaydi-yu,atrofdagilarning gashiga tegadi xolos.Behuda chiranish bilan,o'zining sharmandasi chiqayotganini tushuna qolmaydi. To'xtachi,anavini gapida jon borga o'xshaydi.Biroz ,do'ppini boshdan olib qo'yib, fikr qilaychi,deyish yo'q.Natijada menga o'xshagan go'ra qalamkash,ularni chunonam so'kishga tushadiki,oqibatda qochgani joy topolmay qolishadi. Bugun menga o'xshagan go'ra qalamkashlar erta bahorda dovul bo'lib,tagiga to'p tushgan misol shunaqangi ko'payganki ,kelsa-kelmasa o'n beshga ,deganday, ogziga nima kelsa shuni yoza boshlaydi.Yuzingda ko'zing bormi,deb qarash yo'q. Bunday go'ralarni ko'rib qalamkashligimdan ham afsuslanib ketaman.Bizni ko'ngil uchun, yo bo'lmasa kinoya bilan ''ha,sen zo'rsan'',deb qo'yingga, do'ppi qolib, boshni olaman,deb harakat qilib qolamiz.Hay,hay demasangiz,ayrimlarimiz lugatlarda yo'q so'zlarni arava emas,vagonlab qalashtirib tashlaymiz. Ha,muxolifat to'grisida gapirayotgandim.Bu ketishda,O'zbekistonda demokratiya o'rnatish tugul,hozirgi vaziyatni sal bo'lsada o'zgartirish amri mahol bo'lib qolaveradi. Yo,men adashgan bo'lay.Harqalay, o'sha yana ota-bobolarimiz aytganday, do'ppini boshdan olib qo'yib,biroz o'y bilan ish tutsak hali ham kechmasmikan?Bo'lmasa o'zi o'tirgan shoxni o'zi arralayotgan Afandi bo'lib qolavermaylik,deyman-da.