Ризобек Воскресенье, 2025-06-22, 08.44.21
Приветствую Вас Гость | RSS
Главная | | Регистрация | Вход
Меню сайта
    Статистика

    Онлайн всего: 1
    Гостей: 1
    Пользователей: 0
    Форма входа
    Главная » 2007 » Апрель » 11 » ''...istonlar'' birlashadimi?IAK o'lsa ko'nmaydi,chunki...
    21.32.20
    ''...istonlar'' birlashadimi?IAK o'lsa ko'nmaydi,chunki...
    ''Tiyme''dagi oxiri ''iston'' bilan tugaydigan qozoq,qirgiz,tojik,o'zbek,turkman davlatlarini birlashishga chaqirgan qozoq Prezidenti Nursulton Nazarboev da'vati haqidagi maqolani men ham o'qidim.O'sha maqoladagi hamma tafsilotlarga to'xtalib o'tirmoqchi emasman.Lekin Nazarboevning bu chaqirigiga ''iston'' diktatorlari munosabati qanday bo'ladi,degan savol atrofida o'z munosabatimni,fikrlarimni aytmoqchiman.
    ...2002 yillarda AQSH bilan go'yo eng yaqin strategik hamkor hisoblangan o'zbek poshshosi Karimov,o'shanda ''iston''lar diktatorlari ichida eng burni ko'tarilgan va uning burniga shoti-narvon tugul,raketa bilan qo'nish ham amri-mahol bir paytda Nazarboev taklif etgan bugungi ''ittifoq'' tuzish taklifi bilan chiqib,sal bo'lmasa bu taklifi amalga oshay ham,degan.Hatto bu ''ittifoq''qa Karimov bosh bo'lishiga bir bahya qolgan.O'zbeklardan boshqa hamma ''istonlik''larning oz bo'lsada xudoga aytgani bor ekanmi,bu reja amalga oshmay qoldi.Bo'lmasa bilasizmi,nima bo'lardi?Tasavvur qilishning o'zi dahshat.
    Lekin agar ''istonlar'' chin ma'noda,yahshi niyatlar bilan birlashsaku,bu tarixiy birlik tiklangani bo'lar edi-ku.Lekin ochigini aytganda,bunday birlashuvni Rusiya ham hohlarmikan?Bunday birlashuvga ruxsat berarmikan?''istonlar'' ko'zga ko'rinmas ip bilan o'risning jimjilogiga boglab qo'yilgan-ku.U agar ''hoy'',deb ipni sal tortsa. o'sha yoqqqa buralishga majbur bu ''iston''lar.
    Bugun endi qozoqboshning qorni sal nonga to'yay,dedi,atrofdagilar uni maqtay boshladi.Endi Karimov 2002 yilda kerilgani kabi qozoqbosh oradan 5 yil o'tib kerilyapti.Kerilsa kerilar,lekin bugungi ''iston''lar birlashuvi ajoyib gap.Lekin,bunga bebosh bo'lib o'rganib qolgan boshqa ''iston''lar ko'nadimi?Hamma ko'nsyam IAK o'lsa ko'nmaydi.Sababi,uni ''iston''lar ittifoqiga bosh qilmaydilarda.Undan tashqari ''iston''lar diktatorlarining ancha-muncha kamsitgan joylari bor IAKning.
    Agar Nazarboev bu borada Rusiyadan ijozat olib gapirayotgan esa va bunga Putin ''davay'',degan bo'lsa ehtimol bo'lar.Chunki keyin 5 tasi bir bo'lib,bittasini bosh qilib qo'ysam bittasi bilan hammasini boshqaraveraman,degan o'y bilan.Yo'qsa bu birlashuv to'grisidagi chaqiriq,mening ushbu yozayotgan munosabatimday bir gap bo'lib qolaveradi.

    Rizo Obid.

    Жойлади: Маъмур
    Всего комментариев: 0
    Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
    [ Регистрация | Вход ]
    Copyright MyCorp © 2025
    Сайт управляется системой uCoz