O'zbekistonda hozirgi hukumatga o'z noroziligini ish tashlash bilan pinhona bildirgan jurnalistlar,adiblar bor.Kamina ana shunday kishilardan birini biladi.Bir-ikki bor u kishi xafvsizligi nuqtai-nazaridan Azimiy taxallusi bilan fikrlarini olib,chet el OAVda ham yoyinlashtirgan edim. U kishi sermulohaza kishi.Ko'p narsani oldindan ko'ra oladigan zukko odam. Azimiy domlaning ukalari Prezidentning atrofida,uncha yaqin bo'lmagan lavozimlarda ishlashadi.Domla,ukalari bilan har ko'rishganda so'rar ekanlar:''qanday qilib chidab yuribsizlar-a'',deb.Ukalari:''e,nimasini aytasiz,jon-jonimizga tegdi bu yaramas,biz unga qarshi turish uchun etarli ta'sirga ega emasmiz.Kichkina odamlarmiz.Lekin zangar,ichimizdagilarni bilib turadimi,tez-tez po'stagimizni qoqib,lavozimda goh pasaytib,goh ko'tarib turadi.Yuqoriga hech yo'l bermaydi'',deyisharkan. Azimiy domlaning ota-onasidan erta etim qolgan,boqib olgan bir jiyani viloyatlardan biridagi teleradio qo'mita boshligi.Domla shu jiyani boshliq OAVda ishlar edi. Azimiy domlaning o'zining aytishicha jiyanining hukumat yaloqho'rligidan qaytarib bo'lmabdi,shu bois u joydan ishdan ketibdi. Gapni darrov sarlavhadagi gapdan ham boshlasam ham bo'lardiku-ya,lekin Azimiy domla haqida aziz o'quvchida biroz tasavvur hosil bo'lsin,degan o'y bilan salgina boshqacharoq boshladim. Domla,aslida II guruh nogironi.Shunday bo'lsada ayrim etti muchasi soglardan zabardast.Fikrini qo'rqmay ayta oladi. Bundan 5-6 yil muqaddam O'zbekistonda matbuotni to'rtinchi hokimiyat,deb aytish urf bo'lib,bu xususda tez-tez lof urib turilar edi.Bir kun domladan,siz bu borada nima,deysiz,deya so'radim. ''Nima,derdim,O'zbekistonda matbuot mustaqillik yillari,deb aytilayotgan davrga kelib to'rtinchi hokimiyat emas,itning to'rtinchi oyogi ham bo'lmay qoldi.Shu ketishda oltinchi oyoq ham bo'lolmaydi'',dedilar. Bugun domlani eslab, ushbularni chizar ekanman,yana bir suhbat yodimga tushib,u kishi naqadar uzoqni ko'ra biladigan insonligiga iqror bo'lib turibman. Galdagi suhbatlardan birida(2002 yillarda):''domla,mana O'zbekiston AQSH bilan hamkorlik qilyapti,buyogiga jamiyatda erkinlik ham bo'lib qolar'',deb yuzlangandim.Domla:''ha,uka-ya,bu hamkorlik uzoqqa cho'zilmaydi,yaqinda Karimov AQSHdan yuz o'girib,Rusiyaga buriladi.Rusiyaning hunarlari-yu,nihoyatda pixini kerganligini bilmas ekansiz'',deb chuqur uf tortib qo'ydilar. Albatta,bu chizgilarimni Azimiy domla o''qimas.Lekin,bu yogiga O'zbekistonda nimalar ro'y beradi?Shularni aytib beradigan boshqa odam topilarmikan?