Главная » 2007»Апрель»14 » Karimov umrining oxirigacha Prezident bo'lib turaveradi
03.18.09
Karimov umrining oxirigacha Prezident bo'lib turaveradi
Ochigini aytganda,shu yil oxirida O'zbekistonda Prezident saylovi bo'lishi to'grisida goyat ko'p gapirilyapti.Lekin bu gaplar quruq gap bo'lib qolaveradi.Karimov,degan zot to joni chiqquncha taxtni bo'shatmaydi. Har qanday saylov-maylovlarga avvalgi chizgilarimda ham aytganimday tupurgan va tupuradi. Qonunlarchi,Konstitutsiyachi,deb savol tashlaydiganlar chiqadi.U butun boshli halqni yuziga tupurish tugul oyogini qo'yib ezgilayapti-yu,yugurib borib,qonun,Konstitutsiyaga qaraydimi. Bugun O'zbekistonda uyushgan jinoyatchialr armiyasi Bosh qo'mondoni ham,o'griboshi ham,ey xullas qonun ham,Konstitutsiya ham Karimovning bitta-yu-bitta o'zi. Mana shu yozayotganlarimni eslab qoling.Karimov tirik hech qanday saylov bo'lmaydi.Mabodo bo'lgan taqdirda ham,bundan etti yil avval Abdulhafiz Jalolovni qo'girchoq nomzod qilgan kabi,bu gal 2-3 nomzodni qo'girchoqlikka qo'yishi mumkin. Konstitutsiyaga ko'ra O'zbekistonda Prezidentlik muddati etti yilga uzaytirilgan.Karimov muddati emas.U 5 yillik mezonga ko'ra ikki marta saylangan .Endi 7 yillik muddatga saylansa,yangi Qonun bo'yicha birinchi marta saylangan bo'ladi.Agar o'lmay tursa ikki muddatga saylanishi mumkin .Aniqrogi har doimgidek o'zini-o'zi saylaydi. Ana endi hisoblab ko'ring.Hammasi 14 yil.Ha,ana unda Karimov 82 ga kirgan bo'ladi.Ungacha xudo razzoq.''Halqlar Otasi'' umrbod poshsho,deya halq ''oyogini tirab'' turib oladi:''..sizdan boshqa poshshoni ko'rsak ko'zimiz o'yilib tushsin'',deb. Shuning uchun ham muxolifat liderlari hadeb,ogiz ko'pirtirib,''sen emas,men nomzod bo'laman'',deb togdagi takaga put ko'targanning qiligini qilmasdan,diktaturani qanday yiqish yo'lini qidiring.Ana undan keyin taxtni orzu qilsangiz yarashar.