Lenin o'zi kim,degan savolga atroflicha javob aytib o'tirishning hojati bo'lmasa kerak.Chunki sho'rolar inqilobini amalga oshirgan ''dohiy''- hali-hanuz yolgondakam mustaqil,deb aslida uni yuragidan sugurib tashlay olmayotgan diktatorlardan iborat Mustaqil Hamdo'stlik Davlatlari Prezidentlari bobokalonlari bo'lmish Lenin chizib bergan chiziqdan ogishmay borishmoqda.Ular Karimov va boshqa-boshqa unga o'xshagan diktatorlardir. Lenin,asli ismi-sharifi Vladimir Ulyanov.Ma'lumki garbdan ko'mak olib inqilob yasagan. Endi Lenin haqida bugun nega yana eslab qoldik.Sababi,bugun biz xolland maktablarida nemis tiliga yaqin,ya'ni oiladosh tilni o'rganmoqdamiz.Stalin,degani-ku,qattiqqo'lligidan kelib chiqib,shunday atalgan,deyishadi.Leninchi?Lenin,degani nima?Lenin,bu - qarz,degan ma'noni bildirar ekan.Demak,Lenin garbdan qarz - lenen olib inqilob yasagan. Hozir,Lenin haqida batafsil to'xtalib,uning qilmishlari haqida aytmoqchimasman.Chunki uning kirdikorlari allaqachon ochilgan.Bugun ''lenen'' so'zi-yu uning atrofida fikr aytmoqchiman. Ma'lumki,O'zbekiston Ittifoq tarqab ketgach mustaqilligini e'lon qilgach,muxolifat,inson haqlari himoyachilari singari tashkilotlar paydo bo'ldi.Sho'ro istibdodidan yuragi qon bo'lgan ko'plab oddiy kishilar yangi hayot,yangicha turmush,tenglik,adolat,xullas baxt-saodat yo'lida ana shu muxolifat saflariga kelib qo'shila boshladilar. Ularning ko'pchiligi,jumladan men ham ular chinakam mustaqil demokratik jamiyat qurishadi,deb ishondik.Lekin,kosa tagida nim kosa,deganday ''muxolifat'',inson haqlari himoyachisiman,deganlarning ko'pchiligining asl muddaolari boshqa ekanligini anglaganday bo'lyapman.To'gri ular orasida chindan millat kelajagi uchun jonbozlari bor.Lekin sanoqli. O'zbekiston muxolifat namoyondalari,deya o'zicha ''bong'' urayotgan ''liderlar'' ham aslida Leninlardan ekan. Ular O'zbekistonda demokratik o'zgarishlar yasaymiz,deya garb davlatlari,AQSHlarini aldab ''lenen'' ,ya'ni grant nomi bilan,hech o'zgarish qilolmay ''lenen''ga - o'zbekchasiga qarzga botib qolishgan. "Qarzim'' ko'payib ketdi,endi uni uzish kerak'',deyish o'rniga yangi-yangi ''lenen''lar olib,Karimov Evropa-yu AQSHni qanday aldab kelayotgan esa,''muxolifat'',''inson haqlari himoyachisi'' niqobidagi ''Lenin''lar ham shunday aldashmoqda. Karimov ochiqchasiga aldayapti.''Lenen''lar esa yashirin.Keyingisi oldingisidan-da xavfli.Bo'lmasa ''Lenen'' bo'lganingdan keyin unga yarasha ish qilgin edi-da,deydigan odam yo'q deysizmi?Bor.Bugun ular O'zbekiston ''Lenen''larini kulib-kulib jonlarini olyapti.''Lenen'' olganlar,''lenen'' berganlar kulgusidan er chizib qolishyapti. Bu ham bir gap-da.Yuragingizga yaqin olasizmi yo'qmi,ammo bor gapda.