Ризобек Пятница, 2024-11-15, 02.20.46
Приветствую Вас Гость | RSS
Главная | | Регистрация | Вход
Меню сайта
    Статистика

    Онлайн всего: 26
    Гостей: 26
    Пользователей: 0
    Форма входа

    Главная » 2007 » Апрель » 19 » Fidel Kastro bo'lib ket-e...
    23.51.09
    Fidel Kastro bo'lib ket-e...
    Bugun O'zbekistonda Karimov diktaturasi nega yashovchanligiga yana bir javob topgandayman.
    Lenin ''shapka'' bilan tugilgan ,deyishadi.''Biz''ning muxolifat lideriman,deganlar ham shapka bilan tugilishgan.''Shapka''ning ma'nosini lugatlardan qidirib,uning juda ko'p o'rinlarda ishlatilishining guvohi bo'ldim.Bu galgisi,Lenin ,degan zot tugilgan kuni arafasida unga sodiqligini ko'rsatish uchun shapka kiyib tirjayganlar haqida.''Muxolifat lideriman'',deganlarning o'zlari Karimovning taxtda mahkam o'tirishiga goyat katta ko'mak berib turishibdi,desam ishonavering.
    Bir vaqtlar,Rusiyada ''suxoy zakon'' chiqarilgan ekan.Keyin uni Ekaterina bekor qilibdi.Nega desangiz,odamlarni husherlikdan ko'ra mast-alast holatda boshqarish osonroq,debdi.
    ''Biz''ning muxolifat ham shunga o'xshahs yo'lni tanlagan.Odamlarni to'qdan ko'ra och holatda boshqarish oson,deb o'ylashadi,nazarimda.Chunki hali qarasang,''Vatan uchun olga!'',deya shundoq ham tinka madori yo'q halqqa shior tashlashadi.O'zlari esa tisarilib turib olishadi.Menimcha ular ''olga'' ,deya aytishganda oldga bosib,halok bo'lganlarni ko'rib Karimov kabi zavqlanishadi shekilli.
    Buni birgina ''Andijon fojealari'' misolida ham ko'rish mumkin.''Biz''ning muxolifat vakillari ham Karimov kabi hali-hanuz qonga to'ymagan shekilli ,ayrimlari bugun yana jihodga chorlovchi shiorlar bilan chiqishmoqda.
    Ular:''ketdik,O'zbekistonga'',deyishadi.Bu chaqiqriqmi yo baqiriqmi,qanday atashni bilmayman,ba'zi bir Vatanni soginganlar qalbiga olov bo'lib kiradi.Demak,ertaklardagi kabi ''biz''ning muxolifat ''lideri'' Karimovga yoki to'ymas yuhoga galdagi qurbonlikni hadya etadi.
    Rosa sotib edingiz,rosa otib edingiz,endi yotib olib emoqchimisiz millatni,deb so'ragim keladi ulardan.''Ha,seni o'sha shapkangga,ha sening o'sha basharangga,he seni o'sha maqsadingga'',deya so'kkim keladi undaylarni.Lekin so'kmayman.Chunki undaylar shundoq ham allaqachonoq so'kilib,yirtilib bo'lishgan.Faqat,''ey, Fidel Kastro bo'lib,ket-e''.deyman xolos.

    Rizo Obid.

    Жойлади: Маъмур
    Всего комментариев: 0
    Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
    [ Регистрация | Вход ]
    Copyright MyCorp © 2024
    Сайт управляется системой uCoz