Bugun O'zbekistonga bo'ladimi yo'qmi saylovlarda Prezidentlikka nomzodimni qo'yaman,deganlar kun sayin ko'payib boryapti. Ularning biri pistafurush,bittasi vatanpurush,yana bittasi qalandar,biri yana boshqa.Ey,xullas aytaman,sanayman,desam ular ko'p. Kecha eshitib qoldim,yana bir nomzod chiqibdi O'zbekistondan.U inson huquqlari himoyachisi,u ruhshunos,u tabiatshunos ekan.Uning ismi-sharifi Axtam Shoymardonov ekan. Nima,deysiz.Bilganingni bilaman,deysan,bilmaganingni bilmayman,deysan. Axtam Shoymardonov ismi ham unchalik tanish emas.Ehtimol,u o'zini yaqinroqdan tanitar,keyin bir gap bo'lar.Shunaqada,birlik,hamjihatlik bo'lmagandan keyin 150 nomzod chiqadi.Hammasi ''men poshsho bo'laman'',deydi.Vaholanki,poshsho bo'lguvchini mahallasidagi odamlar ham yahshsi tanishmaydi.U yo uzoq vaqt vatandan olislarda odamlardan uzilib qolgan yo bo'lmasa uzoq ruhiy xastalikdan so'ng to'shakdan turgan. Lekin,bizningcha bir aqlli-hushli inson O'zbekiston,vatan,millat taqdirini o'z qo'liga olishi kerak.