Chayonchalar tirqirashib nish otmoq bo'lar, Ammo dumi gajak bo'lib,qayrilolmaydi. Nima qilsin ularga ham merosdir shu kasb, Zaharini ichlariga sigdirolmaydi. Chayonchalar ezgilanib otashkurakda, Olovlarga tashlanganda bo'lar jizganak. Ammo chayon-chayon bo'lib qolaveradi, Bolachasi o'zi kabi chayon bo'lajak. Nishi singan bir to'p chayon qayon boradi, Boshlarini har kavakka suqib ko'radi. Ochko'zligi o'z boshiga balolar bo'lib, Ko'karishib nafaslari bo'giq o'ladi. Chayon ahli u ham bordir,mayli yashasin, Xavf-xatardan doim bizni ogoh etadi. Ammo o'zi qobigiga nishini urib, O'zin o'zi oqibatda halok etadi. Rizo Obid.
|