Haqiqat kavushini o'nglaguncha,yolgon etti marta mahalla aylanib chiqarkan. O'zbekistonda ham, xorijda ham O'zbekiston,o'zbeklar hayotini aks ettiruvchi juda ko'plab OAV yolgonlar yozib charchamayaptilar. O'zbekistondagi OAV Karimovga ''yurtboshimiz-rahnamomiz'',deya yaloqilik qilib,asosiy mavzu: ''odamlar dardu-tashvishi soyada qolib ketyapti. Bir qaraganda barcha mavzularda yozilyapganday,lekin yuzaki.Endi O'z.OAV haqida ko'p gapirishning nima keragi bor.Shundoq ham ayon,ular daqqi to'tiqushga aylanib bo'lgan,o'zini jurnalist,deb ataydigan madhiyabozlardan iborat bo'lib qoldi.Ana shunisi achinarli. Ularni qo'ya turing,chetdagi o'zbek OAVchi? Ayrim elektron sahifalar bilan tanishar ekanman,O'zbekistonda ozodlik,demokratiya uchun kurashamiz qabilida shiorlarni osib olishgan.Qavatlariga qarasang esa,O'zbekistondagi OAVdan ham xarob ahvol. Mavzu bir yonda qolib tarafma-tarafma bo'lib olgan 3 yo 4 shovvoz ogzidan bodi kirib,shodi chiqayotgan.Bunday haqoratlarni kuzatib o'tirgan shunday sahifa ma'murlari esa ''gij-gij''lash o'yinini o'ynab o'tirgan lo'ttibozlardir. Idroki etmaganroq o'quvchi esa noma'lum kishilar tomonidan ma'lum kishilar nomiga magzava agdarishga kirishib ketishi aniq.Chunki, oddiy o'quvchi qalamkash bildirayotgan har bir so'zni haq ,deb qabul qiladi. Yuqorida haqiqat kalishini o'nglaguncha yolgon etti marta mahalla aylanarkan,deb aytdim. Aytmoqchimanki,aziz o'quvchi husher bo'ling:falonchining so'zi,deya igvo yurgizayotganlar o'z shahsiy garazlari bilan boshqa kishi nomiga dog tushirmoqchi bo'lishga urinishadi.Shu bois tez-tez yangrab turgan igvo surnayiga quloq osing,ammo haqiqatni kuting.Haqqa quloq osing. U sal fursat o'tib etib keladi.U bor.