Ammo, nega qirgiz yo qozoq kabi haq-huquqlarini talab qilib ko'chalrga chiqmayapti,yo maydonga chiqmayapti? Buning sababi Karimovni haydasa o'rniga keladigan bir durust boshni ko'rmayapti.Yo'q,ko'rmaypti,desak unchalik to'gri bo'lmasku-ya,shunday bosh bo'lguchining o'zi ko'rinmayapti. Ayrimlar aytishi mumkin:ana Abdurahim Po'latov,mana Salay Madaminovlar turishibdi-ku. Kechirasizu, men ham siz kabi gapni aytgan bo'lardim va ularni ko'rsatgan bo'lardim.Lekin qanchalik achchiq bo'lmasin aytish kerakki,odamlar ularga ishonishmaydi. O'sha uncha uzoq bo'lmagan paytdayoq ulardan ixloslari qolgan.Avvallaroq ularni istashgandi,lekin oradan ancha-muncha vaqt o'tib,ular bosh bo'lishga arzimaydilar,degan fikrga kelib qolishgan.Agar ular arzirli bosh bo'lganlarida edi,allaqachon odamlarga o'zlarining boshga munosibliklarini ko'rsatgan bo'lar edilar. Albatta ''Birlik'' liderining ham,''Erk'' liderining ham o'ziga yarasha tarafkashlari bor.Tarafdorlari emas balki tarafkashlari bor.Tarafkashlik bilan esa ish bitmaydi.Ularga odamlar chin ma'noda ishonib tarafdor,talabgor bo'lish kerak.Bu imkoniyatni esa ular allaqachonoq qo'ldan boy berishgan.Buni ular o'zlari bilishmaydimi?Bilishadi.Lekin xuddi Karimov o'zi yaratgan hukmron tuzumdan voz kecha olmagan kabi, bu liderlar ham o'z qarashlaridan,daqqi dastur-u o'y-fikrlaridan kecha olmaydilar.Shaxsiy manfaatlar umummanfaatdan ustunligi sezilib turgani uchun ham ,o'zbeklar yo anovni,yo manovni bosh qilamiz,deb talab qilishmayapti.Ishonishganda edi allaqachon erni teshib chiqishardi.Ho'-ho', Siz o'zbekni bilmas ekansiz,bilganingizda uni kamsitib so'zlar tashlab, o'z qusurlaringizni millatga yuklamagan bo'lardingiz. Yana shu kunlarda ayrim elektron sahifalarda paydo bo'layotgan, ''Prezidentlikka nomzod bo'laman'',deyayotganlarga qarab:''agar shu prezident bo'ladigan esa'',deya odamlar saviyasini belgilamang.Ular ham Konstitutsion huquqlaridan foydalanishlari mumkin. Lekin boshlikka boshqa siosiy etuk munosiblar talay,ammo ular bugungi chirigan-irigan jamiyatning yarasiga malham bo'lishni dahmaza sanayaptilar chamasi. Xullas,endi ''eski muxolifat'' liderlariga qaytadigan bo'lsak, afsus odamlar A.Po'latovni ham,S.Madaminovni ham unutishgan.Afsus ular odamlar ishonchini yo'qotishgan.Lekin,o'zbek millatini allaqaysi millatga mengzab kamsitishni kallangizdan chiqaring.O'zbek kabi zukko millat yo'q.