Bolasini boldan shirin,degan millat shu o'zbek, O'zi emay edirgan ham,kiydirgan ham shu o'zbek. Sho'rpeshona qora to'nin almashtirb kiyolmay, Qorni to'ymay nochor qolgan sabrligim shu o'zbek! Bayram ,desa yuragidan qonlar tomib zirqirar, Bolam,deydi erta ko'klam har tomonga tirqirar. Zolim zulmi ko'kragini zaxga bosib qiynaydi, Qachon ozod bo'laman,deb kecha-kunduz o'ylaydi. Ishongani Olloh uning,qadoq kaftli shu o'zbek, Osmonlarga boqib nochor,ado bo'lgan shu o'zbek. Boshidagi do'ppisi ham tarklaridan ajragan, Yangi do'ppi orzusida gado bo'lgan shu o'zbek. Sho'rlarini yuvay,desa tuz sepadi poshshosi, Yaralari azobidan bedor bo'lgan shu o'zbek. Yorug kunga etmoqlikni so'rayotgan tangridan, Rizoni ham abgor etar,abgor bo'lgan shu o'zbek. Rizo Obid.
|