Bir eshitganim bor edi,kallasida hech vaqo yog-u,lekin olim bo'lishni ,fan nomzodi,degan ilmiy unvon olishni orzu qilganlarga nisbatan:''Baliqning miyasiga sharsharaning ta'siri'' mavzuini tanlaginda, Moskovga O'zbekistonning shirin daryo baligi bilan birga turli noz-ne'matlarni olib borsang,tap-tayyor fan nomzodisan''. Bugunchi?Bugun,hozirda ko'pchilik poshsho bo'lging bormi, Moskovga bor,o'ris oganing ko'nglini ovla,u o'zining tayyor ''siyosiy oshxonasi''da hozirlagan stsenariysi va rejisserlari bilan ''taom'' beradi,qarab turibsanki,poshshosan.Ana,ishonmasang qara Gogosha(Gulnora Karimova bo'lsa kerak)bir oyogi hamisha Moskovda. Demak,baliq poshsho bo'lgusi,sharshara esa Moskov. Shundan kelib chiqib aytiladigan bo'lsa, Putin 2008 yil Prezidentlik muddati tugagach,uning o'rniga voris kim,degan savol o'rtaga chiqmoqda.Chunki baliq qaysi sharshara ostiga turib,dumini likkillatishini bilishi kerakda. Ayrim tahlilchi-siyosatchilar,Sergey Ivanov,desa,boshqalari Dmitriy Medvedev,deyapti.Agar,Rusiya hukumati harbiy harajatlarga byudjetdan mablag ajratishni ikki hissa ko'paytirishni rejalashtirayotganidan kelib chiqib qaralsa,Sergey Ivanovga baliqlar dumini likkillatishi kerak,agar basharasi oddiy ruslarga yoqib qolgan yoqimtoyligiga qaralsa Dmitriy Medvedevga baliqlar dumini likillatishi kerak. Lekin,tahlilchi-siyosatchilar orasida yana bir taxmin bor,''halqni buysundirish uchun Stalin qattiqqo'lligini eslang,Rusiyada ro'y berishi mumkin ijtimoiy portlashlarniing oldini olish uchun atrofdagi ''milliy qahramon''ga aylantirilgan Ramzan Qodirovdan foydalansa ham bo'ladi,nega axir yo'q'',deyishadi.U holda baliqlar Ramazon Qodirovga dum likillashtirishlari kerak bo'ladi. ''Ey,yo'q,bekorlarning beshtasini aytibsizlar,o'zimman poshsho'',deb yuborsachi Putin.Unda bechora baliqlarning holi yanada ogirlashadi.Chunki boshi sasigan eski baliqlarning ko'pchiligini Putin chiqitga chiqarishi mumkin. Qirgizistonning sobiq Prezidenti Moskovga qochdi.Panoh topdi.Baqiev,''nima qilay,qochaveraymi'',degandi,Moskovdan sado keldi:''hov ovsar, qayoqqa qochasan,anovi yoningdagi Isedan ibrat olsangchi, Andijonda allaqancha tinch aholini qirib tashlab ham, hech balo urmay, bemalaol yuribdi.Mana Moskovda-yu Piterda ham namoyishchilarni tirqiratib biz ham omonmiz,sen ham tirqirataver,qo'lingdan qon tomib turmasa qanaqa poshshosan axir''. Sharsharaning bu ta'siri baliqqa hush yoqdi.Sadoga quloq tutdi.''Zamona zo'rniki,tomosha ko'rniki'',deganday Baqiev bugun tirjaygan kuyi hech vaqo bo'lmaganday o'tiribdi. Xullas,aytaman,desam gap ko'p. Aslida,boshlanishida muxolifat haqida,ya'ni iliq-miliq o'zbek muxolifati haqida bir so'z aytaman,deya o'ylagandim.Ulardan,mana Prezidentlik saylovi o'tkazilishi mumkin bo'lgan saylovlarga ham goyat qisqa muddat qoldi.Endi nima qilmoqchisiz?Nomzodingizni qo'yasizmi? Men nomzod,deya qichqirganingizga ancha bo'luvdi-yu,hanuz o'shandan buyon nafasingiz ichingizga tushib ketgan.Nimaga?Yo,siz ham anov ''baliq''larga o'hshsab sharshara qidirib yuribsizmi,deb so'ramoqchi edim.Kel,qo'y,bu baliq bechoralar ham ho'rak qidirib yuribdida,nima qilasan hadeb ularni ham qiynab,o'zingni ham qiynab,dedim o'zimga-o'zim. Ular bunaqa savollarga javob berib o'rganmagan.Javob ham kerak emas.Chunki,nima deyishlarini hamma biladi.Olib qochishadi.Ular sharsharaning tagiga borishadi-u,ho'rakni olib qochadigan baliqlar turidan.Shunday emasmi? Bu,yozmoqchi bo'lganim asli boshqa mavzu.Lekin,mutaxassislarning aytishlaricha, baliqlar miyasiga sharsharaning ta'siri hali-hanuz aniqlay olish mushkul bo'lgan va jahon olimlarini o'y-o'ylab oxiriga etolmagan muammo ekan.Shundoq kazo-kazo,katta olimlar aqli etmagan narsaga bizning aqlimiz qayoqdan ham etsin.Shunday emasmi?