Ризобек Пятница, 2024-11-15, 02.19.18
Приветствую Вас Гость | RSS
Главная | | Регистрация | Вход
Меню сайта
    Статистика

    Онлайн всего: 21
    Гостей: 21
    Пользователей: 0
    Форма входа

    Главная » 2007 » Апрель » 24 » Yon daftarchangizga yozib qo'ying(voqeiy hikoya)
    00.37.36
    Yon daftarchangizga yozib qo'ying(voqeiy hikoya)
    Amerika Qo'shma Shtatlarida yashab,o'sha yoqda bir idoraga boshlik qilayotgan tarixiy vatandoshlarimizdan biri O'zbekiston poytaxtiga tashrif buyurdi.Bizlar,u rahbar bo'lgan idoraning O'zbekistondagi vakillari vatandoshimizni o'zbeklarga xos izzat-ikrom bilan kutib oldik.U kimsa qaradi-ki,moddiy jihatdan bizning qo'limiz qisqa.Albatta biz uchun sehrli dunyo Amerika qarichlaridan kelib chiqib,o'shanga yarasha munosabatda bo'ldi.Biz esa o'z navbatida mehmonning ko'nglini cho'ktirmaslik,uning O'zbekistonda ilk marotaba bo'layotganligi,bizning millat urf-odatlaridan ancha yiroqlashgan ajnabiy vatandoshning dilini ogritmaslikka harakat qildik.Lekin,vatandosh allaqachon AQSH turmush-tarziga singib ketganini qayoqdan bilaylik.Ko'z o'ngimizda hamkasb xodimlardan biriga tegajoqlik qila boshladi.Uning tegajoqliklarini ham hazilga yo'ydik.
    O'zbekistonda 1970 yillardan buyon halq shoirasi unvonidan voz kechgan va amerikancha demokratiyaga ishongan, aslida chindan halq shoirasi opa ham bor edi.O'sha shoira opaning bir ogiz so'zi mening taqdirimni tubdan o'zgartirib yuborishini qayoqdan ham bilibman ,deng.O'sha shoira opa ham, bilib-bilmay samimiy aytgan so'zlarini ehtimol hozir eslay olmasa ham kerak.
    Sho'ro davridagi ''Inqilob xiyoboni'',hozirgi ''Amir Temur'' maydoni ,deb atalayotgan maydondan o'tayotganda men:''qarang-ga,shapkali haykal o'rnida,sallali haykal'',dedim beixtiyor.Shoira opamiz,biz bilan borayotgan yosh jurnalist qizchaga:''bu so'zlarni yon daftarchangizga yozib qo'ying'',dedi.Qizcha ham shoshib-pishib yon daftarchasiga bir nimalarni qoralagan bo'ldi.AQSHdan kelgan idora kattasining shu dam rangi o'zgardi.Mening esa shu so'zlardan so'ng taqdirim o'zgardi.
    Bu yaxshimi yo yahshi emasmi,bilmadim.Harqalay, men ishsiz qoldim.Bu borada AQSHdagi boshliqqa meni kulga belab,kosovga sanchgan va ishdan bo'shatilishimga ko'mak bergan yosh tojik yigit ham,,o'sha idoraning rahbari bo'lgan inson ham eshitishimcha ogir betob emishlar.Xudo ularga shifo bersin...

    Rizo Obid.

    Жойлади: Маъмур
    Всего комментариев: 0
    Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
    [ Регистрация | Вход ]
    Copyright MyCorp © 2024
    Сайт управляется системой uCoz