O'zbekistonda goh diktatura,goh politsiya tuzumi va hakozo,hakozo turlari ko'p turlanuvchi tuzum,deb aytilmoqda.Bugun bunday atovlar yoniga O'zbekistonda qamoq rejimi,deyilsa mubolaga bo'lmaydi.Aslida esa O'zbekistondagi tuzum ko'plab taraqqiy etgan mamlakatlardagi qamoq rejimidanda yomonroq. Nega,desangiz taraqqiy etgan mamlakatlardagi qamoqhonalardagi mahbuslar jazoni ijro etish muassasasi ma'murlari yohud hukumat qarorlariga nisbatan bemalol,hech qanday to'siqlarsiz o'z noroziliklarini xat orqali,telefon orqali bildirishlari,ko'pchilik bo'lib qamoqhonaning o'zida mitinglar o'tkazishlari mumkin. Ammo O'zbekistondachi?O'zbekiston qamoqhonalarida ikki kishi bir joyda namoz o'qishi ,uzoq vaqt suhbatlashib turishi ta'qiqlanadi. Ba'zilar,''ha,endi har mamlakatning o'z sharoitlaridan kelib chiqib,o'z qonun-qoidalari bo'ladi-da'',deyishlari mumkin.Ho'p u holda O'zbekistonda ''ozod-erkin''.deb ataluvchi ochiqdagi jamiyatda ahvol qanday,degan savol tugiladi. Birinchidan, qo'shnisinikiga elak so'rab chiqadigan o'zbek fuqarosining yonida pasporti bo'lishi kerak.Bo'lmasa,''qo'shnim elakka chiqqan edi,o'zi anavi ro'paradagi uyda yashaydi'',deyishiga qaramay,elakka chiqqanni oyogini erga tekkizmay mirshabhonaga olib ketishlari mumkin. Gap quruq bo'lmasligi uchun o'zimiz bilan sodir bo'lgan bir voqeani aytib beraqolay. Namanganlik muxolifatchi Olim Yunusga soxta ayb qo'yilib,ishi sudga oshirilgan edi.Tuman sudi hukmidan norozilik bildirib,viloyat sudiga murojaat etgan Olim Yunus sudi mahkamasini kuzatish uchun o'shanda "Ozodlik'' radiosi hamkori bo'lgan Nosir Zokir bilan viloyat sudi binosi oldiga etib keldik.Olim Yunusdan hol-ahvol so'rab turuvdik,Namangan shahar IIB boshligi va jinoiy ishlar bo'yicha muovini yonimizga keldi-da,''ikki kishi bo'lib turmanglar,bir-birlaringizdan sal nari-berida turinglar,bo'lmasa hov anavi ''voronok''ka(mahbuslar tashiladigan avtomashina) solib olib ketamiz,deyishdi... Bu birgina misol.O'zbekistonda ikki odam bir joyda turishi mumkinmas,degan qonun yo qoida yo'q.Lekin,mamlakatdagi ijtimoiy vaziyat shu qadar pishib etilganki,istalgan paytda ommaviy to'lqinga aylanib ketishi mumkin.Buni juda yahshi bilgan hukumat esa yuqorida aytganimday qamoq rejimini qo'llayapti.O'zbekistonda yashovchilar militsiyaga ro'para kelganda sirk akrobatlari-yu ko'zboyloqchilardanda mohirroq bo'lishlari kerak.Aks holda tuzoqqa ilinishlari mumkin.Ammo bir narsa doimo o'yga toldiradi.Odamlarni qancha muddat shu holatda ushlab turishlari mumkin ekan-a?