Bu dunyo o'zi ayrim ustasi farang,olib qochar,azon aytib qo'yilgan ismidan tongan Diamat-Ismat-Nauchniy Kommunizm singari so'zlarni tahallus qilib olganlarnikimi? Yo'q bunday kimsalar qanchalik basharalarini yashirishga urinishmasin,ularning niqoblari yirtilib, har-bir fisqu-fasodlarida ''manaman'',deb fosh etib turaveradi. Aytmoqchimanki,andijonlik kechagina qamoqqa tashlanib,pushaymon edirilgan Gulbahor To'raeva yuqorida aytganimday ismat-diamat-nauchniy kommunizmlar qurboni bo'ldi. Tirikchilikdan qiynalib turgan bechora ayolning qo'liga 100 dollar tutqazib,uni ushlab bergan diamat-ismat-nauchniy komunizmlarning bugun kimligi sir emas,ularni taniymiz.Bu ikkiyuzlamachilardan biri:Salay Madaminov maddohi,bir paytning o'zida Karimov rejimiga xizmat qilayotgan ikki-uch xorijiy hamda mahalliy OAVda ishlayotgan agent.Bo'lmasa nega Gulbahor To'raevani yollagan shovvoz maxkamaga tortilmadi.Chunki u Karimovning KPSSdan orttirgan olqindisida. Bu gal u otini diamat,deb atabdi,keyingi gal nauchniy kommunizm,deb atasada baribir kimligini bildiraveradi.Uning qilmishlariga yarasha hujjatlar etarli.Vaqt-soati kelib javobini berishi haq.Faqat katagida turib olib qanotlarini qoqib xo'roz kabi qichqirgani bilan,uzoqqa ucholmasligi aniq. Nega bilsangiz ochiq ism-sharifini aytmaysiz,deb so'raydiganlar bo'lishi mumkin.Chunki,uning o'zi bir kun ''o'sha menman'',demaguncha vijdoniga havola sifatida,yoshligini,kezi kelib,tanasiga kengashib ko'rib adashganligidan pushaymon bo'lar,degan haliyam umid bor. U diamat,ismat yo nauchniy kommunizm 1990 yillarga kelib oliygohlarda o'qish dasturidan chiqarib tashlangan kabi,o'zi ham chetga chiqarib axlat uyumiga qo'shilib ketishi mumkinligini anglashi uchun ham imkoniyat berish kerak. Bilaman,bundaylar mening ismim yoniga ham o'zlari to'qigan ismni yopishtirib turli uydirma-bo'htonlar tarqatishgan,tarqatishyapti va tarqatishda davom etishadi. Ammo,''dialektik materializm''misan(diamat),''istoricheskiy materializm''misan(ismat)yo ''nauchniy kommunizm''misan oxir-oqibat pushaymon bo'lishing aniq.Faqat o'sha paytda Olma Otada qochganday qochib keta olmaysan.Chunki bobongning holi qanday bo'lganini bilasan-a?Shunday emasmi?