Ризобек Суббота, 2025-06-21, 11.29.05
Приветствую Вас Гость | RSS
Главная | | Регистрация | Вход
Меню сайта
    Статистика

    Онлайн всего: 1
    Гостей: 1
    Пользователей: 0
    Форма входа
    Главная » 2007 » Апрель » 26 » Karimovning vaqti yo'q
    00.26.16
    Karimovning vaqti yo'q
    Karimovning bugunga kelib hamma narsaga vaqti qolmadi.
    Bu nimalarda ko'rinadi?
    U ''qatagon mashinasi'' zirhlari bilan so'ngi paytlarda ayollarni ezgilab tavba qilishga vaqti yo'q.U Boris Eltsin o'lgan kundan buyon mozorboshidan kelolmay hafa,motamda,dunyo ishlariga vaqti yo'q.U O'zbekistonda faoliyat yuritayotgan ko'zga ko'ringan nufuzli Halqaro tashkilot hamda idoralar vakolatxonalarini yopib,unda faoliyat yurgizayotganlarni haydab chiqarish bilan ovora bo'lib,mamlakatdagi inson haqlari ahvolidan tashvishlanishga vaqti yo'q.
    Karimovning BMTning inson haqlari bo'yicha Oliy Komissari Luiza Arberni qabul qilishga vaqti yo'q,chunki o'zi qatagon yurgizayotgan qatagon qurbonlarini yashirish bilan ovora.
    Xullas Karimovning bugun hech narsaga vaqti yo'q.Eshitishimizcha uni kecha-yu kunduz navbati bilan bir necha xitoylik uqalovchilar uqalashib zo'rga oyoqqa turgizayapti.Shu bois ham to so'nggi nafasigacha ''qon ichib turmasam otimni boshqa qo'yaman'',deb qasam ichganmi,hozircha o'sha qasamyodiga sodiqligi bois ,uni amalda isbotlash uchun ham boshqa hech bir narsaga hech vaqti yo'q.
    Mabodo erta yo bir kun huzuriga Azroil jonini olgani kelganda ham vaqtim yo'q,desa hech ajablanmasa bo'laveradi...

    Rizo OBID.

    Жойлади: Маъмур
    Всего комментариев: 0
    Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
    [ Регистрация | Вход ]
    Copyright MyCorp © 2025
    Сайт управляется системой uCoz