Kelgusida Germaniyadan so'ng Evropa Ittifoqiga raislik etuvchi Portugaliya poytaxti Lissabonda bo'lib o'tgan Halqaro Inson Huquqlari Taskilotining yillik hisobot yigilishida 7 kun ishtirok etgan O'zbekiston Inson huquqlari tashkiloti raisi Tolib Yoqubovning aytishicha Portugaliya rasmiylari O'zbekistondagi inson huquqlari masalasida atroflicha qiziqish bilan munosabatda bo'lganlar. Portugaliyadagi yuqori mansabli xukumat rasmiylari bilan muloqotlar chogida Tolib Yoqubov ularga O'zbekistondagi bugungi ahvol haqida to'la tasavvur etgulik axborotlar bergan. ''Ularning O'zbekistondagi ahvol bilan qiziqishlarining yana bir jihati shundaki'',deydi Tolib Yoqubov,galdagi EI raisligi Portugaliya hukumatidadir. Eng quvonchlisi Lissabondagi halqaro inson huquqlari tashkilotining yillik hisobot yiginida Tolib Yoqubov rahbarligidagi tashkilot unga a'zolikka qabul qilinganidir.