Bugun OAVlarini kuzatar ekanman,bir narsa diqqatimni o'ziga tortdi.Albatta dunyo cheksiz va shu qatorda dunyo goyat tor.Aytmoqchimanki dunyoning bir burchida to'qlikka sho''xlik davom etayotgan esa ,qay bir burchida ochlikdan odamzot qirilmoqda.Har birini mulohaza qilar ekansiz albatta o'zingzi tugilib ungan-o'sgan mamlakatga qiyoslay boshlaysiz.Shu jihatdan qaralsa O'zbekistonda nima gap? O'zbekistonda go'yo osoyishtalik.O'zbekistonlik hozirda chetda yashayotgan Vatandoshlarchi?Ular ham go'yo osoyishta.Ey,to'htang.Unday emasga o'xshaydi.Ulardan eng aqllilarining fikr-mulohazalari bilan tanisha boshlayman.Ular o'zlarini millat ''elitasi'',deb hisoblashadi-da axir.Ammo... Ammo, o'sha o'zini ''elita'', deb hisoblovchilarning chizgilari bilan tanishar ekanman,agar shular millat etakchi ''elita'' yohud ziyolilari bo'ladigan esa, O'zbekiston kelajagi hali beri yoruglikka yuz tutmas ekan ,deb ho'rsinib, uf tortaman.Fikr deb aytilayotgan,mulohaza,munozara rukni ostida chiqishlarda oddiy ketmonchi millatningda so'zini ayta olmayotgan,o'z nomi ostiga mustaqil jurnalist,mustaqil siyosatchi,mustaqil yana kazo-kazo deb yorliqlar osayotganlarni o'qir ekanman:''bu nima deb aljirab yotibdi ,deya lol qolaman.Hov birodari aziz, hech bo'lmasa jim tursangchi.O'zing nima deyayotganingni o'zing tushunmagach nima qilasan boshqalarning boshini qotirib'',degim keladi. Chizayotganlarimga charxpalak,deb sarlavha qo'ydim.Nega?Chunki,charxpalakni kuzatgansiz va bilasizki, u oqar suv o'zanining yonboshiga o'rnatilib,aylanib turadi va navbati bilan unga o'rnatilggan suvidishlar suvga sho'ngib ,botirib olgan suvini boshqa suv olayotgan idishchalar ustidan quyib turadi.Ehtimol so'zlarda aniq ifoda etolmagandirman.Xullas charxpalakni to'gridan-to'gri tasavvur qilavering. Bizning mustaqil jurnalistlar-u,mustaqil haq himoyachilari ham aynan charxpalakday tasavvur uygotishadi.Hammasi emas.Shu kunlarda qo'zgalib,unda bunda ,uni buni qo'zimoqchi bo'layotganlari.Ular qo'zgovi bilan tanishar ekansiz,qaysinisi haq ekan-a,deya boshingiz aylanadi charxpalak bo'lib.Ana endi anglayotgandirsiz, nega chizgilarimga charxpalak, deya sarlavha qo'yganimga. Hov,birodar,hov qalamkash ogaynichalish qalaming uchi yo'q,iliging qaltiroq,boshing xumday esada ichi bosh qovoq kabi, nima qilasan behuda urinib, nimanidir isbot qilishga. Aytganingni o'zing ham tushunmaysanku.Nahotki buni sezmaysan.Sezasan ,lekin kel mana bir narsa deyin,avvalroq degandim,jim ketsam,qayga yo'qoldi deyishmasin,deb o'ylab bir nima deyishga urinasan.Birodar sening avvalgi harakatingga ham,avvalgi chizgingga ham hech kim e'tibor bermagan,bundan keyin ham shunday bo'lib qoladi.Behuda vaqting o'tkazib, nimadir qoralamoqqa urinma.Jim tursang qandoq go'zal.Olam guliston.Osmonda bulut paydo bo'lgan kabi bir paydo bo'lasanda ko'ngillarni gash qilasan.Odamlar tezroq o'tib keta qolsaku,deya besaranjom bo'lganlari qoladi.Kel,oghaynijon,o'zini mustaqil,deya atayotgan ogaynijon iltimos jim tur.Umuman o'zi Sen jim turolasanmi ?