Bugun Xolland qirolichasi Beatriksning onasi Yuliana tugilgan kuni munosabati bilan bayram. 2004 yil 20 mart kuni Qrolicha Oliyalari Yuliana vafot etgach - 30 aprel ''Qirolicha Kuni'',deya atalib, Davlat bayrami sifatida e'lon qilingan. Bugun Xollandning hamma shahar hamda qishloqlarida tantanalar erta tongdan to tunga qadar davom etadi.Bugun turli ko'ngilochar o'yinlar bilan bir qatorda,turli-tuman buyumu jihozlar,qo'yinggki hamma-hamma narsa ko'chalarda ,deyarli suvtekinga sotiladi.Masalan,odatdagi kunlarda 100 evro turadigan narsani 1 evroga,agar u narsa Sizga yoqib qolsayu hamyoningiz ''quruq'' bo'lsa sovga qilib yuborishlari ham mumkin. Bugun Xollandda chinakam bayram bo'lib,oyoqda yurolmaydiganlar ham mahsus aravachalarda ko'chalarga chiqishadi.Yuzidan shodlik balqmagan,hech bo'lmasa jilmaymagan odamni uchratolmaysiz. Xolland Qirolichasi Beatriks O'zbekiston poshshosi Karimovdan farqli o'laroq o'z halqidan qo'rqib bayram qilmaydi va bir joyga o'z atrofidagilarni yigib olib bayram qilmaydi.Chunki qirolicha Karimovdan farqli o'laroq xolland halqidan tili qisiq joyi yo'q,o'z navbatida xollandlarning ham o'z Qirolichalaridan tilqisiq joylari yo'q va o'zlarini Qirolicha bilan teppa-teng hisoblashadi.Qirolicha qishloq-shaharlarni aylanib yoshu-qari,oddiy kishilar davrasida bu bayramni nishonlaydi.Sovgalar ulashadi.Xollandlar undan najot so'rab qo'llarini cho'zmaydi,balki Qirolicha odamlar ichiga kirishga talpinadi. Bugun Xollandda ana shunaqa bayram.
.Suratlarda:(yuqorida) -Qirolicha odamlar davrasida;(quyida)Qirolicha nevaralari davrasida.