Главная » 2007»Май»1 » Afrikalik toshbaqa Belgiya fuqaroligini oldi
01.02.00
Afrikalik toshbaqa Belgiya fuqaroligini oldi
Garb dunyosida ko'z ko'rib,quloq eshitmagan garoyibotlar haqida ko'p oqib,eshitib,ko'rib hayratlanganlarimiz bor gap. Shu kunlarda Belgiya hukumati ham antiqa qonun qabul qildi.Endilikda Qirollik hududida yashovchi hamma jonzotlar:ot,eshak,sigir,qo'y,tovuq...xullas hamma jonzotlar shaxsini aniqlovchi pasportga ega bo'ladi.Hozir esa men Siz aziz o'quvchiga Afrikalik toshbaqa Belgiya fuqaroligini olishi yuzasidan bo'lib o'tgan voqeani hikoya qilib bermoqchiman. Janubiy Afrika Respublikalarida bo'lgan sayyoh bilan bo'lib o'tgan voqea ham ajobtovurdir.Sayyoh do'kondordan toshbaqa sotib olgan va unga sotuvchi qo'shimcha toshbaqa yashovchi mo'jazgina uychani ham qo'shib bergan.Albatta toshbaqa oldi-sotdisi rasman hujjatlashtirilgan.Biroq JARdan uchib kelgan toshbaqa va uning ''ota''sini Belgiya aeroporti bojxona xodimlari ancha asablarini taranglashtirishdi.Toshbaqaning pasportini so'rashdi.Chunki Belgiya qonunlariga ko'ra uning pasporti bo'lishi shart edi.Toshbaqani migratsiya xizmati xodimlari nolegal hisoblab,o'z ixtiyorlariga olib,deportatsiya qilmoqchi bo'lishdi.Ammo toshbaqa sohibi-''ota''si esa o'z ''farzandini'' ular qo'liga berib qo'ymasligini,uning tugilganiga endigina ikki hafta bo'lgani-yu,unga bojxonachilarga Djeni,deb samolyotda ism qo'yganini uqtirdi.Djeni esa bu tortishuvlardan biroz asabiylashganday tuyuldi.Shu bois ham zudlik bilan yuqori lavozimli davlat odami va yana bir necha mutaxassislar toshbaqa Djenini atroflicha o'rganishga kirishishdi.Uning toshpanasiga portlovchi modda joylashtirilmaganmi va hakozo obdon o'tkazilgan konsiliumdan so'ng Janubiy Afrikalik Toshbaqa Djeniga Belgiya fuqaroligi berilishiga rozi bo'lishdi va shu zahoti Djenining rangli surati yopishtirilgan pasport berildi.Yahshi mutaxassilar toshbaqa Djenini belgiya tilini bilishi borasida test-sinovdan o'tkazishmadi.Endi u Belgiyadagi hamma jonzotlar kabi yashash joyi,jinsi ,ismi-sharifi yozilgan pasportga ega.Pasportda yana Djeni tugilgan sana va joy manzili ham ko'rsatilgan.Tugilgan mamlakati JAR,fuqaroligi degan joyda esa Belgiya Qirolligi ,deb yozib qo'yildi. Yozganlarim Sizga ertakday tuyulishi mumkin.Lekin bu haqiqat.Endi Djenini O'zbekistonda o'z fuqarolarini har qadamda bezovta qilishganday munosabat bo'lmaydi.Chunki shu mamlakat fuqaroligini olishning hamma tekshiruvlaridan o'tgan.Hatto uning sogligi haqidagi shaxsiy varagi,uy vrachi ham bor.Xullas Afrikalik toshbaqa Djeni o'zbeklardan ko'ra yashiroq maqomga ega... Ha,nimayam deysiz, bu shunaqa dunyo ekanda...