Ризобек Среда, 2025-07-30, 07.51.24
Приветствую Вас Гость | RSS
Главная | | Регистрация | Вход
Меню сайта
    Статистика

    Онлайн всего: 1
    Гостей: 1
    Пользователей: 0
    Форма входа
    Главная » 2007 » Май » 1 » Bugun Ahmadjon Odilov 82 yoshda
    17.29.18
    Bugun Ahmadjon Odilov 82 yoshda
    Sahifalarimizni muntazam kuzatib borayotgan o'quvchilarimizning xabarlari bor Namangan viloyati Pop tumani Gurumsaroy qishlogidan chiqqan, afsonaviy qahramonga aylantirilgan,o'z vaqtida dovrugi Ittifoqni tutgan Ahmadjon Odilov haqida maqolalar yozgan edim.Hozir men yana Ahmadjon Odilov kimligi xususida uzoq xotiraviy chizgilarni bayon etmoqchi emasman.
    Lekin uni va uning oilasini yaqindan bilganim uchun ham,shuningdek uning bugun 1 may tugilgan kuni va u 82 yoshga kirganligi xususida aytmoqchiman.
    Albatta Ahmadjon Odilov haqidagi chizgilarimni bir joyga to'plasa bir kitob bo'lar.Lekin Karimov rejimi bunday kitobni yozganni ham,o'qiganni ham terrorchiga aylantirishi aniq.
    Ahmadjon Odilov Karimovga bo'ysunmagan O'zbekistondagi sanoqli kishilardan biri.U Karimovning 1992 yildagi Namangan isyonini bostirish uchun Ahmadjon Odilovdan foydalanishni ko'zlagani va poplik qahramon esa Namangan viloyat hokimligidan bosh tortgani uchun qamoqqa tashlangan.
    Ahmadjon Odilovning onasi,akasi Dovud Odilovlar jigarlariga nohaqlikdan oh urib dunyodan o'tib ketishdi.Ukasi Muhsin Odilov bugun nogiron.SSSR KGBsida ishlagan o'gli Anvar Odilov bugun ishsiz.Aniqrogi tijorat yo'li bilan tirikchilik qilib,qamoqhonasidagi otasiga yo'qlov tashish bilan band.Keyingi o'gli Akbar Odilov mashinalarga yoqilgi quyish saxobchasini ochgan,lekin hamma hujjatlari bo'la turib uning shaxobchasiga yonilgini ahyonda bir berishadi.Keyingi o'gli Tursunpo'lat Odilov O'zbekiston SSR oziq-ovqat sanoat vazirligida ishlar edi,hozir muzqaymoq sotadigan do'konda yilda uch oy tirikchilik uchun ovvora.Kenja o'gli Bahodir esa Gurumsaroyda fermerlik ishini yo'lga qo'yish uchun necha yillardirki hukumat vakillari bilan jiqqamusht...
    Turmush o'rtogi Chinnigul opa esa turmush o'rtogini salkam yarim asrdan buyon ozod bo'lishini kutib ko'z nurlari tamom bo'lgan.Kenja qizi O'lmashon Ahmadjon Odilov 1984 yil avgustida qamoqqa olingach dunyoga kelgan edi.1990 yil kuzida ozodlikka chiqqan otasini ilk bor ko'rgan O'lmasxon uning diydoriga to'ymay qoldi.Chunki yana Ahmadjon Odilov qamoqqa tashlandi.2004 yil oxirgi marta Ahmadjon Odilov xonadonida 1 may tugilgan kunida bo'lganimda oila a'zolari ayniqsa O'lmashonning,menga yopishib olib titrab-titrab,qon qaqshab yiglab aytganlari hali-hanuz qalbimni larzaga soladi.O'lmasxon o'shanda:..akajon aytingchi,mana siz muxbirsiz,nega haqiqat yo'q.Nega hamma ota-onasi mehri bilan o'sadi-yu,men esa uni tirik turib hatto ko'rishishga haqqim yo'q...'',degandi.
    Жойлади: Маъмур
    Всего комментариев: 0
    Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
    [ Регистрация | Вход ]
    Copyright MyCorp © 2025
    Сайт управляется системой uCoz