Dev Karimov ishtahasi karnay bo'ldimi, Kunda yutar bir o'zbekning bitta qizini? Yana oppoq ko'rsatadi shu dev Karimov, Er yuziga ajdarhoday qonli yuzini. Kecha yutgan edi hur Gulbahorni, Bugun yutdi haqparvar yosh Umidani. Atrofida jallodlari qonsirab turar, Kelgusi qurbonlikka qo'yar kundani. Dev Karimov qonga tashna na'ra tortadi, Unga qarshi yo'qmi biror jasur Alp yigit? Yo rab, nima bo'lgan bugun ayting millatga, Nega erkaklari sukutda jimjit? Ertakdagi devlarga ham chora topilgan, Urugini quritolgan bitta qahramon. Dev Karimov dahshat solib turaverarmi, O'zbeklarda nahot yo'qdir bitta mard o'glon? Rizo OBID.
|