Ushbu chizgilarimdan avval bir maqola yozdim-da,lekin uni sahifa yuzasiga chiqarmay olib tashladim.Keyin o'ylanib qoldim.Nega axir uni olib tashladim.U mening fikrlarim edi-ku.Ehtimol u aytganlarimni bu gal qanday bo'lsa shundayligicha qayta bayon etolmasman,lekin, nima bo'lganda ham o'sha fikrlarimni aytmoqchiman.Chunki O'zbekistondagi bugungi ahvolga befarq emasman. Har kuni bu haqda o'ylayman,ummonlarday to'lib-toshib yotgan xabarlar oqimidan Vatanga taalluqli nimadir qidiraman.U qidirganim nima?U shuki ,Vatanda osoyishtalik,yohud Karimov qatagonlariga chek qo'yildi,degan mazmundagi xabar.Bu albatta goyat ogir,mushkul bo'lgan yumush.Lekin Karimov rejimiga nuqta qo'ya oladigan kuch yo'qmi? Nazarimda,Karimovdaqadan yuzlarini to'xtata oladigan kuch bor.Lekin o'sha kuchni kerakli nuqtaga yo'naltira bilish kerakday. Kuzatishlarimdan xulosa qilib aytishim mumkinki,bizning muxolifatchilar,inson haqlari himoyachilari go'yo O'zbekistonda demokratiya uchun kurashayotganday,inson haqlari uchun tinmay elib-yugurayotganday.Haqiqatan ham aslida shunday.Chunki ana qarang,kunda bo'lmasa ham kun ora qandaydir bir tashabbus,taklif,fikr-mulohazalar aytilib turilibdi.Lekin natija yo'q. Bilaman men chizayotganlarni goyat ozchilik o'qiydi.Lekin juda ko'pchilik o'qishi shart va fikrimga qo'shilishisi lozim,demoqchimasman.Kim nima hohlaydi?Ko'rinishidan hamma ezgulik,adolat,tenglik,chinakam ozodlik tarafdori.Lekin,bitta lekin bor:hammaning shiori bir,lekin hamma o'zicha haq.Kimdir uning fikriga mos kelmaydigan fikr aytsa mulohaza,mushohada qilish yo'q,darrov dushmanga aylanib,achchiq-achchiq alamli so'zlar ayta boshlaydi. Bir muxolifatchi do'stimiz Karimov ustiga yurish qilish uchun yo'l qidiryapti.Boshqa bir do'stimiz mamlakat ichkarisidagilardan suyanch,qo'llab-quvvatlashni istayapti. Men va menga o'xshab ba'zilar har kuni bir Karimovni la'natlab bir nimalar deyapmiz. Mana shu harakatlarning har biri yahshi,lekin bu harakatlarning hammasini birgalikda ,hamjihatlikda,qo'lni-qo'lga berib qilinishi to'grisida ko'p va ho'b aytilayotgan esada,hech birimiz qo'lni-qo'lga samimiy uzatib bir kuchga aylana olmayapmiz. Menda qusur ko'p,unda ham,anovinda ham,nariginda ham.Kel endi Vatan uchun,deya qo'l uzatay deya endi choglanganingda yana bir visir-visir yangi qitmirlikni boshlaydi.Chidamasdan ketib,''hey sening kallang qayoqda,ko'zing qayoqda,hozir nima to'grisida gaplashib turibmizku,sen yana yangi bir yo'q joydagi iddaoni qilasan,deya afsusda qo'l siltaysiz.Oz muddat o'tib,yana shu hamjihatlikka erishilmasa bo'lmasligini his qila boshlaysizda,yana yuqoridagi holat takrorlanaveradi. Ko'nglida garazi yo'q odam hadeb ko'nglimda garazim yo'q,deb takrorlayvergandan ko'ra uni amalda ko'rsatgani durust menimcha. Yo'q,bizda unday emas.Ochigini aytaymi,agar biz narigi kishining fikri to'gri,desak o'zimizni go'yo undan kamsitilganday hisoblaymiz. Hammani aytmayin,tuppa-tuzuk allomaday tuyulgan kishilarning dimogi ham sal narsadan achishib,qayta tutun qaytara boshlaydi.Undan beshikdagi bola durust. Xullas aytaman,desam gap ko'p yana.Lekin odillik bilan ayting:haqiqatan ham xolislik,odillik,hamjihatlik,chin ma'nodagi,so'zlarda emas,amalda samimiylikdan ancha yiroqlardamiz.Ana shunisi achinarli.Bu holatda yo'q joydagi yo'q narsalarni talashib-tortishib yuraveramiz.Afsus...