Vatandoshlardan biridan hol-ahvol so'rash,shu barobarida uni tugilgan kuni bilan tabriklamoqchi bo'lib u bilan telefon orqali boglandim. Salom-alikdan so'ng:tugilgan kuningiz bilan tabriklayman,dedim.U sal hayratlanib,kimni,deya so'radi.Adashdimmikan,deya sal ikkilanib qoldim. Ie,ha-ya, bugun tugilgan kunimku, deya shoshib qoldi vatandosh.Takror-takror minnatdorchilik bildirar ekan,biroz o'ngaysizlanganday bo'ldi u. Vatandoshni to'gri tushunsa bo'ladi.U o'ngaysizlanmasa ham bo'laveradi. Bugun O'zbekistonda tugilgan kun kabi oilaviy bayramlar haqida o'ylashga imkoniyat yo'q.Chunki tuni bilan ertaga nima qilsam ekan?Kecha elektr tarmogidan kelib,qarzlaringni to'lab qo'y ,deya elektr simlarini uzib ketishdi.Bolalari zulmat qorongusida qo'rqishib,alahsib chiqishdi.Doim ham etarli bosim yo'qligi uchun yonmaydigan gazdan ham qarzi ko'payib ketgan.Bu yoqda non qilgani unning ham tagi ko'rinib qolgan. Shunday va shu kabi turmush muammolari girdobida qolgan o'zbekistonlikning tugilgan kuni haqida o'ylashga qayoqdan ham vaqti bo'lsin. Uning ismi-sharifini aytmaganimning ham sababi bor.Chunki nega yo'qchilikdan gapirding,deya ertaga uni mavjud tuzumni agdaraman,dedingmi,deya javobgarlikka tortib yuborishlari mumkin. Bugun Karimov istibdodi ana shunday cho'qqiga ko'tarilgan.