Xorij OAV orqali fikr aytgan siyosatshunos Toshpo'lat Yo'ldoshev Umida Niyozovaga nisbatan ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlanishiga munosabat bildirar ekan,uning ta'kidlashicha ,yaqinda Evropa Ittifoqi O'zbekiston hukumatiga nisbatan jazo choralarini ko'rib chiqish chogida Karimov rejimi qatagonlarini to'xtatishi uchun u tomonga qadam bosishga majbur bo'lishini kutmoqda.Va shu bois ham,Gulbahor To'raeva,Umida Niyozova singari dunyo jamoatchiligi nazarida turgan taniqli jurnalist,huquq himoyachilarini atayin hibsga olmoqda. Menimcha,ehtimol Karimov shu haqda o'y qilayotgan bo'lishi mumkin. Dunyo siyosatchiligidagi bunday chayqovchilik tez-tez sodir bo'lib turganligidan kelib chiqib aytilsa taniqli siyosatshunos Toshpo'lat Yo'ldoshev fikrlariga qo'shilsa bo'ladi. Lekin Karimovning siyosatda fohisha ekanligiga qaralsa u shu yo'l bilan EI yohud halqaro tashkilotlarni O'zbekistonga nisbatan yaqinlashuviga erishgach:''mana bizarning yo'limiz to'griligini butun er yuzi bugun tan oldi'',deya repressiv siyosatini yanada kuchaytirishi mumkin.Chunki oldinda Prezidentlik saylovlar turibdi. Menimcha Garbning shundoq ham O'zbekiston hukumatiga nisbatan yumshoq munosabatda bo'layotgani, o'sha siyosatshunos Toshpo'lat Yo'ldoshev o'zi ta'kidlaganday ,''EI O'zbekistonning ichki ishiga aralasha olmaydi'',degan o'ydagi Karimovda o'zining repressiv siyosatini kuchaytiraverishga ishonch paydo qiladi.Shu o'rinda savol tugiladi,nega halqaro huquqiy normalarni buzayotgan Karimov rejimiga EI halqaro Qonunlarga asosan ta'sir eta olmas ekan?Siyosatshunos va diplomat Toshpo'lat Yo'ldoshevning ''aralasha olmaslik'' haqidagi fikri kishida yuqoridagi kabi qator savollar paydo bo'lishiga hamda munozara yuritishga turtki beradi. Lekin umid qilardikki,nafaqaat EI yoki boshqa bir mamlakat,balki butun dunyo jamoatchiligi bugungi O'zbekistondagi qatagonlarga befarq bo'lmaydilar. Siyosiy fohishaboz va siyosiy chayqovchilikka intilayotgan Karimov yo'liga to'sib chiqishsa ajab emas.