Главная » 2007»Май»3 » Vodiyda ''BIRDAMLIK'' tarafdorlari ko'paymoqda
14.08.08
Vodiyda ''BIRDAMLIK'' tarafdorlari ko'paymoqda
Taniqli muxolifatchi,jurnalist Nosir Zokirning bizga yozib ma'lum qilishicha,Fargona vodiysida Bahodir Choriev etakchiligidagi ''Birdamlik'' harakati tarafdorlari kun sayin ko'payib bormoqda. Uning ta'kidlashicha, yangi kuch sifatida birlashish to'grisidagi Demokratik O'zbekiston Kongressi rahbari Jahongir Mamatovning ko'pdan buyon takrorlab kelayotgan takliflari bugun goyat zarurligini vodiy muxolifatchilari,qolaversa bugungi Vatan taqdiriga befarq bo'lmagan kishilar bir maqsad yo'lida,ya'ni O'zbekistonda chinakam ozodlik yo'lida birlashish zarurligini anglab etmoqdalar. Shu kunlarda bu borada kengash o'tkazgan vodiy muxolifatchilari ''Birdamlik'' harakati atrofida birlashib,siyosiy faoliyat olib borishga kelishib olishdi,deydi o'z maktubida Nosir Zokir. Agar O'zbekistonning vodiyda salkam 10 million aholisi istiqomat qilishidan kelib chiqiladigan esa,''Birdamlik'' harakati atrofida yigilajak va ular amalga oshirishi mumkin bo'lgan ishlar miqyosini tasavvur etish qiyin emas. Bizningcha vodiylik muxolifatchilar bu borada boshlagan sa'yi harakatlarini har tomonlama qo'llab-quvvatlab turilsa bas.