Ризобек Пятница, 2025-06-20, 19.33.21
Приветствую Вас Гость | RSS
Главная | | Регистрация | Вход
Меню сайта
    Статистика

    Онлайн всего: 1
    Гостей: 1
    Пользователей: 0
    Форма входа
    Главная » 2007 » Май » 9 » Irlandiyadan maktub
    02.27.09
    Irlandiyadan maktub
    Bugun Irlandiya tarihida 1-chi marta Shimoliy Irlandiyaning ittifoq hukumati tashkil topdi!
    Bilasizmi- yo'qmi Irlandiya halqi o'z ozodligi uchun salkam 1000 (ming) yil mobaynida kurash olib borgan halq!Bu insoniyat tarihidagi eng uzoq kechgan urush hisoblanadi ekan! Bu haqiqatan urush bo'lgan.Ayrim yillari ochiqchasiga, ayrim yillari partizanchasiga.
    Y'ani ming yil kurashib, kurashdan orqaga tashlamagan halq! Mana oxiri erishdi o'zining niyatlariga!
    Mana sizga bir yana misol, agar biron inson 1725 yilda(Irlandiya birjasining ochilgan yili) Irlandiya birjasiga 100 dollar investitciya qilgan bolsa, shu 100 dollar bugungi kunda 12 milliard dollarga aylanibdi!Ha-ha, million emas, milliard!
    Balki agar O'zbekiston halqi ham kurash bilan mustaqillik, ozodlikka erishganida uning qadriga borarmidi?
    Mana, O'zbekistonda ko'pgina "rivoyatlar" bor, shulardan biri o'zbeklar bu eng mehnatkash dehqonlardir , degani. Masalan,men Irlandiyada shuni ko'rib bildimki, bu erning asosi tosh, y'ani qoyalardan iborat. Ko'pgina erlar avval qoq tosh bolgan ekan. Bu erlik dehqonlar dengiz qirgogi bo'ylab har kuni !!! bir necha marta yurib , katta savatlarga dengizdan to'lqin bilan olib chiqib tashlangan dengiz o'tlarini yigib, ana o'sha toshlar ustiga tashlashgan.Shu dengiz o'tlari quyosh ta'sirida, yomgirda chirib, tuproq hosil qilgan! O'zingiz hisoblab koring, buni qilish uchun qanchalik ko'p mehnat qilish kerak?Atigi bir gektar shunaqa "erni" hosil qilish uchun qancha yillab dengiz o'tlarini yigib , sochib chiqish kerak?
    Yana bir narsa, mana O'zbekistonliklar evropaliklarni juda noziklashib ketgan, qo'lidan mehnat qilish kelmaydigan, deb bilishadi.
    Lekin, masalan Irlandiyada faqat otlarning soni O'zbekistondagidan bir necha yuz barobar ko'p .Otchoparlarning soni esa kamida 300 ta!Bu erda aholining,deyarli 12 foizi otda yurishni, choptirishni, egar solishni, otni tozalashni biladi! O'bekistondachi?Menimcha kopchilik otdan qo'rqadi shekilli u erda.
    Mening bitta tanishim bir fermerlik firmasida ishlaydi.
    U fermada : ota, ona, 2 ta o'gli, 6 ta ishchi ishlaydi xolos.Bu fermada :110 ta qoramol, 80-100 ta qo'y, taxminan 40 gektar er(bugdoy,ozuqabop ekinlar,sabzavot ekiladi),sut sogadigan stanciya, gul parniklari va hakozolar bor!Mana shularning hammasini 10 ta odam boshqaradi, har kuni sigirlar 2 mahaldan sogiladi.... Hullas bunaqa fermani O'zbekistonda kamida 100 ta odam boshqaradi.Ozingiz ham bilasiz buni.

    Hullas, dunyoda faqat o'zbeklar eng mehnatkash , degan gap tezda miyamdan chiqib ketdi.
    Allaqayoqdagi oldi-qochdi gaplardan ko'ra O'zbekistondagi vatandoshlarga mehnat qilish sharoitlarini yahshilash uchun avvalo men hikoya qilgan irland halqi kabi ozodlik uchun kurashda sobitqadamlikni o'rgatish kerak.Allaqayoqdan,garbdanmi,sharqdanmi kelib tayyorgina bir narsalar o'zgartrib berilishini kutib o'tirmaslikni ular ongiga singdirish,lozim,deb o'ylayman.
    Ehtimol,mening fikrlarim o'tkir mutaxassisnikichalik ta'sirli emasdir.Agar shu soha odamlari bo'lsa bu borada fikrlarini aytishsa,deya umid qilardim.
    Hamma Vatandoshlarga hurmat bilan O'KTAMBEK,Dublin.

    Жойлади: Маъмур
    Всего комментариев: 0
    Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
    [ Регистрация | Вход ]
    Copyright MyCorp © 2025
    Сайт управляется системой uCoz