Ризобек Пятница, 2025-06-20, 15.15.15
Приветствую Вас Гость | RSS
Главная | | Регистрация | Вход
Меню сайта
    Статистика

    Онлайн всего: 1
    Гостей: 1
    Пользователей: 0
    Форма входа
    Главная » 2007 » Май » 10 » Jahongir MUHAMMAD:O'ZBEK RADIOSI JAVOBLARI
    22.23.33
    Jahongir MUHAMMAD:O'ZBEK RADIOSI JAVOBLARI
    Har kungi muhim voqealardan kelib chiqadigan savollarga shu yerda javob topasiz.

    Javoblar yoqsa print qilib tanishlaringizga uzating, yoqmasa tuzatib aytib bering!.
    HAMMANI O’ZI KABI BILADI
    -Karimov pulini Shvetsariya bankiga qo’yib qaytar ekan, nima haqda o’ylagan bo’lishi mumkin?-degan savolga,

    -Bu mamlakatning rahbari pulini qaysi o’lkada saqlayotgan ekan?-deb o’ylgan bo’lishi mumkin deya javob qildi radio.

    ARMIYA YOKI QAMOQXONA
    -Qori domlamiz “Insonning joni chap oyog’idan chiqa boshlaydi, shu bois hojatxonaga chap oyoq bilan kiring, agar ostonada o’lsangiz tashqarida qolasiz, machitga esa o’ng oyoq bilan kiring, agar ostonada o’lsangiz machitning ichiga yiqilasiz”, deb aytdi. Endi doim oyog’imizga qarab yurishimiz kerak-mi?-degan savol tushdi radioga.

    -Armiyada ham avval qaysi oyoq bilan yurish haqida qoidalar bor, hatto qamoqda ham hojatxonaga bu tomondan borib u tomondan qaytishga o’xshagan qoidalar bo’ladi, domlangiz ham yo armiya tuzmoqchi yoki qamoqxona,-deb javob qildi radio bu savolga.

    BOLA CHAQALARI BOR
    -Nega bizning odamlar O’zbekiston haqidagi muammolarni gapirmasdan faqat AQSHni tanqid qiladilar,-degan savolni yo’lladi bir tinglovchi.

    -Chunki ularning bola-chaqasi bor-da,-deb javob qildi radio.

    MULLAGA QOLADI
    Mullamiz hijrat majburiyati paydo bo’lsa darhol mol-milkingizdan voz keching, deb aytdilar, bu holda mol-mulkimiz birovlarga qolib ketmaydimi?-deb so’radi bir tinglovchi.

    -Xafa bo’lmang, birovlarga emas, o’sha mullangizga qoladi,-deb javob berdi O’zbek radiosi.

    SIYOSATCHILAR
    -Nazarboyev va Akayevning bolalari siyosatga kirishdi, Karimovning qizlari qachon siyosatga kiradilar?-deb so’radi bir tinglovchi.

    -Ular siyosatga kirmaydilar, siyosat ularga kirgan. Endi qachon chiqadi, deb so’rashingiz kerak!-dedi “O’zbek”

    OYNA

    -O'zbek televideniyelarini Karimovdan qutqazish uchun nima qilish kerak?-deb so'radi bir kishi radiodan.

    -Karimovning hamma xonalariga oyna o'rnatib, bu yangi chiqqan televizor deb aytish kerak, olam guliston!-dedi radio.

    KIM KIMGA...

    -Gazetalarimiz yozishicha, Putin Karimovga telefon qilibdi, shu to'g'rimikan?-deb so'radi bir tinglovchi radiodan.

    -Xabarni o'zbek gazetalaridan olgan bo'lsangiz, demak teskarisi: Karimov Putinga telefon qilgan,- deya javob berdi radio.

    ESHITISH

    -Putin va Karimov telefonda nimani gaplashdilar, eshittingizlarmi?-deb savol berdi bir tinglovchi.

    -Uzr, yanglish joyga murojaat qildingiz, bu ish bilan MXX shug'ullanadi,-dedi "Ozbek"

    MAVZU

    -Karimov va Putin nimani gaplashgan bo'lishlari mumkin, taxmin qila olasizmi?-dedi yana bir tinglovchi.

    -"Qachon bizni yer yutadiyu odamlar bizni masxara qilishdan to'xtaydilar?" degan mavzuni gaplashgan bo'lishsa kerak!-deb javob qildi radio.

    SHAROITGA QARAB

    -O'tmishdoshlarimizning ko'zlari qisiq bo'lganmi yoki ochiqmi?-degan qaltis savol tushdi radioga.

    -Sovuq paytida qisiq, issiq paytida ochiq bo'lgan!-deya hazil bilan javob qildi radio.

    MISH-MISH

    -O'zbekistonlik bir ona ikki bolasi bilan Moskvada hojatxonalarda yotib yurgani haqida gap tarqaldi, shu to'g'rimi?-deb so'rashdi radiodan.

    -Har holda yana Gulnora Karimova haqidagi mish-mishlardan biri bo'lsa kerak. Lekin u ikki bolasi bilan Moskvaga borishdan oldin 2 million dollarga uy sotib olgandi-ku!-javob qildi radio.

    ISHLATISHGA BOG'LIQ'

    -"Har" yoziladimi "xar"mi?- degan savol keldi.

    -Kimga nisbatan ishlatganingizga bog'liq,-dedi "O'zbek"

    "PAXTA ISHI"

    -Karimov "paxta ishini" ijobiy hal qilib, liderlik mavqeni qo'lga kiritgandi, deb yozishgani yozishgan, bu asli qanday ish o'zi?-degan savol tushdi.

    -Bu "paxta qo'yish" degan iboraning mustaqillashtirilganidir,-dedi "O'zbek" bu savolga javoban.

    "BAXMAL INQILOBI"

    -O'zbekistonda "Baxmal inqilobi" bo'lsa, unga sohib chiqadigan odam topiladimi?

    -Xavotir olman, baxmal anqoning urug'iga aylangan, talash bo'lib ketadi,- deya kinoya bilan javob berdi radio.

    ...INGNI QIS

    -"Hamsoyang g'ilay bo'lsa, ko'zingni qis!" degan maqolni zamonaviylashtirish mumkinmi?-deb so'radi bir tinglovchi O'zbek radiosidan.

    -Mumkin... masalan, "Hamsoyang, hukumatda ishlasa ...ingni qis!" ,-deb javob qildi.

    DEMOKRAT

    -Biznikilar Qirg'iziston prezidenti Asqar Akayevni demokrat, deb yozishganda, nimani nazarda tutishmoqda?-deb so'rashdi radiodan.

    -Uning Karimovdan "ibrat" olib, o'zini "demokratman" deganini eshitishibdi-da!-javob qildi radio.

    CHORA

    -Qanday qilib muxolifat lideri bo'lish va o'z atrofiga odam to'plash mumkin?-degan savolga:

    -O'zining eng katta mamlakatning eng katta idorasi bilan aloqadaligi, "baxmal inqilobi"ga hozirlik ko'rayotgani haqida to'qima maqola yozib, uzoq bir joyda, xuddi sirning fosh bo'lishi tarzida boshqa bir odamning nomidan e'lon qilish kerak,- deb javob berdi radio.

    RU...RU..LARDA

    -Ikki o'zbek qayerda bemalol gaplashishi mumkin?-degan savol tushdi.

    -Internet adresi yozilganda oxirida ruslarning belgisi "ru" bo'lgan barcha veb sahifalarda, ya'ni ru... ru..larda!,-deb javob qildi "O'zbek".

    PUL BO'LSA

    -Agar pul bo'lsa, bugun O'zbekistonda hamma narsani qilish mumkin, degan gapni o'qib qoldim, shu to'g'rimi?-deb so'radi tinglovchilardan biri radiodan.

    -Mumkin. Ammo qani o'sha pul?-deb savolga savol bilan javob qildi O'zbek radiosi..

    HAMMA

    -Hamma birlashsa hamma narsani qilishi mumkin emasmi?- deb so'radilar radiodan.

    -Agar hamma hamma narsani qilsa, unda Karimov nima(ni) qiladi?-deb adashib javob qildi radio.

    QURBONLIK

    -Mana Qurbon hayiti ham yaqinlashmoqda, Karimov qurbonlikka qo'y so'yarmikan yoki ho'kizmi?-deb so'rashdi O'zbek radiosidan.

    -Karimov barcha "ho'kiz" va "qo'y"larni qurbon qilib yuborgan, podasida esa faqat eshaklar qolgan, birortasini so'yib yuborsa kerak!-deb javob berdi radio.

    15-YANVAR

    -1991 yil, 15-Yanvarda hukumat talabalarni o'qqa tutgandi, nega bu qonli sanani eslamayapsizlar?-deb so'rashdi radiodan.

    -Bunday qonli sanalarning soni mingdan oshib ketdi, bir yilda esa 365 kun bor!-deb javob berdi radio.

    PIKET

    -Bugun muxolifat mitingga chiqdi, nega xabar bermadingizlar?-degan savol tushdi radioga.

    -Agar 11 kishini muxolifat deydigan bo'lsak, u holda Karimovni juda xursand qilgan bo'lamiz,-deb javob qildi radio.

    BITTASI...

    -Keyingi paytda odamlar bolasiga Islom degan ismni bermay qo'ydilar, men ularni bunday qilmaslikka chaqiraman, siz ham menga qo'shilasizmi?,-degan savol keldi O'zbek radiosiga.

    -Nima, bittasi yetmayaptimi?-deb savolga savol bilan javob qildi radio.

    ISLOM DAVLATI

    -Dunyoda qayerda Islom davlati mavjud?-deb so'radi bir tinglovchi radiodan.

    -O'zbekistonda,-deb javob qildi radio.

    VIRUSLAR

    -Karimovning malaylari "Biz buncha past ketmaymiz, virus tarqatish bilan shug'ullansak ham iplos so'kishlar qilmaymiz" deyishdi, unda haqoratli maktublarni kim tarqatayotgan bo'lishi mumkin?- deb so'rashdi radiodan.

    -Kim bo'lardi, viruslar!-dedi "O'zbek".

    OTASIGA SHIKOYAT

    -Bosh vazir haqida Karimovga shikoyat yozishganini eshittim. Nima, u otasidan so'roqsiz bir ish qilmasligini bilishmaydimi? -degan savol bilan O'zbek radiosiga murojaat etishdi.

    -Bilishganda arizani hojatxonaga tashlagan va qog'oz qahatchiligi bois kimlargadir yaxshilik qilgan bo'lardilar,-deb javob qildi radio.

    TRIBUNE-UZ

    -"Tribune-uz" veb sahifasi yangi yil kunlaridan boshlab yo'qolib qoldi, nima bo'lganini bilmaysizlarmi? -deb so'rashdi "O'zbek"dan.

    -Chizib qo'yilgan yo'ldan chiqib ketib, yo'qolib qolgandir-da?!-deb javob qildi radio.

    DUM

    -Bosh vazirning yetti yildan beri ishlab kelayotgan matbuot kotibini ishdan chetlatishibdi, sababini bilmaysizlarmi?- deb so'radi bir tinglovchi O'zbek radiosidan.

    -Bosh vazir yangilandi. Kotibni oldingi Bosh vazirning dumi, deb bo'shatib yuborishgan-da. Bu o'zbek jamiyati uchun xos bo'lgan an'ana!,-deb javob berdi radio.

    ITTIFOQLIK

    -Yaqinda AQSHning amaldagi prezidenti va sobiq uch prezidentini birgalikda majlisda qatnashganlarini ko'rsatishdi, qanday ittifoqlik, nega bunday holni bizning jamiyatda ko'rish mumkin emas?-deb so'rashdi "O'zbek"dan.

    -Yaxshilab qarasangiz, ko'rasiz, O'zbekistonning 1989-1996 yillardagi rahbari Karimov bilan 1996-2000 yillardagi prezidenti Karimov va 2000 yildan hozirga qadar mamlakat teppasida o'tirgan Karimov doim birga, hatto mutloq o'zgarmas bitta qiyofada yurishadi. Bunday ittifoqlikni boshqa qayerdan topasiz!- deb javob berdi radio.

    ERK

    -O'zbekistonda "ERK" uchga bo'linib ketdiyu sizlar nega munosabat bildirmaysizlar?-degan savol berildi telefon orqali radioga.

    -Nima O'zbekistonda erk bormidi-ki uchga bo'linib ketsin?,-deb savolga savol bilan javob qildi radio.

    TALAMOQ

    -AQSH va O'zbekistonning nima farqi bor?-deb so'rashdi radiodan.

    -AQSHda xalq prezidentni talaydi, O'zbekistonda esa prezident xalqni talaydi!-degan javob olishdi "O'zbek"dan.

    MAxFIYA

    -Nega O'zbekistonda hamma narsa davlat siri, hamma narsa maxfiyalashtirilgan?- deb so'radilar radiodan.

    -Chunki...savolingizdan "x" harfini olib tashlasangiz, javobini topasiz,-dedi "O'zbek".

    ARCHA

    -Yangi yil archasiz o'tdi. Sababini bilolmadik, balki sizlar bilarsizlar?-deb so'rashdi "O'zbek"dan.

    -Har holda Karimov tabiatni muhofaza qilish borasida xalqaro mukofotga ko'z tikkanganga o'xshaydi!,-deb javob qildi radio.

    MAQSAD

    -Karimov Ukraina prezidentini "Ishini uddalay olmadi", deb tanqid qildi, nimani nazarda tutdi ekan?-degan savol bilan O'zbek radiosiga murojaat qilishdi.

    -Nimani bo'lardi? Yushchenkoni zaharlashni-da,-deb javob qildi radio.

    MAG'LUB

    -Saylovda Karimov yutib chiqdi, deb yozishmoqda, bunga qo'shilasizmi?- deb so'radi bir qiz O'zbek radiosidan.

    -Unda yutqizgan kim?,-deb savolga savol bilan javob berdi radio.

    QAROR

    -Karimov "Kerak bo'lsa, mana yoshlardan muxolifat tuzishsin, men qarshi emasman" dedi. Bu nimadan darak beradi?-deb so'rashdi "O'zbek"dan.

    -Bu o'sha kuni Karimov qamoqxonalarni kengaytirish haqidagi qarorni imzolaganidan darak beradi,- deb javob berdi radio.

    XUDODAN QO'RQMAYDI

    -Ba'zilar Karimov kimdan qo'rqadi, deb bahs qilishmoqda. Sizlar bilasizlarmi, Karimov kimdan qo'rqadi?- deb so'rashdi "Ozbek"dan.

    -Kimdan yo nimadan qo'rqishini bilmaymiz. Ammo shu narsa aniqki, u Xudodan qo'rqmaydi,-deb javob qildi radio.

    OLTINLAR

    -Karimov qachon ishdan ketadi?-deb so'rashdi "O'zbek"dan.

    -Zarafshon konlarining oltinlari tugab bitganda,-deb javob qildi radio.

    MONIKA

    -Agar Karimov Monika Livinskiyni ko'rib qolsa, nima qilgan bo'lardi?,-degan savol keldi radioga.

    -Uning og'ziga qarab qolgan bo'lardi,-dedi "O'zbek".

    SANITARLAR

    -Karimov 16 ta senatorni o'zi tayinlar ekan, ularni Karimovning senatorlari deyish mumkinmi?-degan savol tushdi radioga.

    -Ularga Karimovning axlatlarini tozlash yuklatilgani bois, ularni Karimovning sanitarlari deb atash mumkin,-deb javob qildi radio.

    UNDAY EMAS

    -Dunyoda fojialar ro'y berganda odamlar din, mazhab, irq demasdan birlashib yordamga oshiqadilar, shunday emasmi?-deb so'rashdi "O'zbek"dan.

    -Unday emas, agar shunday bo'lganda 15 yildan beri davom etgan fojialar O'zbek muxolifatini, umuman o'zbekistonliklarni birlashtirgan bo'lardi,-deb javob berdi radio.

    ISTE'DOD

    -Fohishaligim bor, lekin iste'dodim bo'lmasa ham biror radioga ishga o'tishim mumkin-mi?- deb so'radi bir qiz O'zbek radiosidan.

    -Iste'dod bilan yotib bo'larmidi ,-deb javob berdi radio.

    PREZIDENT

    -Chet elga ketib qolgan muxolifat lideri kelgusida prezident bo'lishi mumkin-mi?- deb so'radilar radiodan.

    -Albatta, agar u bekpr yurmasdan, ikki davlat o'rtasida qo'shma korxona tuzsa, unga o'zi prezident bo'lishi mumkin,-deb javob yo'lladi radio.

    BOSHQA

    -Nazarboyev bilan Karimovning farqi nimada?-deb so'rashdi radiodan.

    -Nazarboyev o'z xalqining, Karimov esa boshqa xalqning rahbari, farq shunda,-deb javob berdi radio.

    FAMILIYA MASALASI

    -Otasi ishdan ketgandan keyin, Gulnora Karimova familiyasini o'zgartirsa, nima deb o'zgartiirshi mumkin,-degan savol keldi radioga.

    -Otasining o'rniga keladigan odamning familiyasini aytsangiz, savolingizga aniq javob qaytaramiz,-dedi "O'zbek".

    QANJIQ

    -Agar qanjiqdan yurtboshi chiqsa, nima bo'ladi?-deb so'rashdi "O'zbek"dan.

    -Qanday qilib, qanjiq yana qanjiq bo'lishi mumkin?-deb savolga savol bilan javob qildi radio.

    YEMOKRATIYA

    -Agar AQSHga Karimov prezident bo'lsa, nima bo'ladi?-deb soradilar radiodan.

    -Butun dunyo Iroqqa, Guantanamo esa Jasliqqa aylanadi va demokratiya ham isloh qilinib, undan "d" harfi yulib tashlanadi,-deb javob qildi O'zbek radiosi.

    ARABNING O'LIGI

    -Agar o'zbekning boshiga arabning o'ligini rahbar qilib qo'ysangiz nima bo'ladi?-degan savol tushdi radioga.

    -O'zbek uni ham dohiy deb sig'inadi,-deb javob qildi radio.

    KARIMOVGA QOLSA

    -"O'zbek"ni televideniyega aylantirish mumkin-mi?-deb so'rashdi radiodan.

    -Mumkin, agar, bu ish ham Karimovga qolsa!-degan javob olishdi "O'zbek"dan.

    SABAB

    -Nega o'zbeklar "Revolutsiya, revolutsiya!" deb ko'chalarga chiqmaydilar,- degan savolga javob so'rashdi radiodan.

    -Chunki ular "R" harfini "Ye" deb, "V"ni esa "B" deb talaffuz qiladilar, shu bois xato qilib qo'yamiz, deb qo'rqadilar,-degan javob olishdi.

    MAQTOV

    -Nega buncha Karimovni maqtaysizlar? Xalqni ham o'ylamaysizlarmi?-degan savol tushdi radioga.

    -Qachon siz prezident bo'lsangiz sizni maqtaymiz, xalq bilan esa bizning necha pullik ishimiz bor!-deb javob qildi radio.

    SAYLOV

    -Saylovlar natijasi oldindan ma'lum bo'lsa, Karimov nima qiladi saylov o'tkazib?-deb so'rashdi O'zbek radiosidan.

    -Karimov ham odam, uning ham o'yin qilgisi keladi,-deb javob berdi radio.

    HAQIQAT

    -Bittasi tuzgan partiya uchga bo'linib ketsa, shunda ham u o'zini partiyaning lideri, deb atab yursa va o'z ko'nglini bunga ishontirganlar ham topilsa, buning otini nima deyish kerak bo'ladi?

    -Bugunning haqiqati!- deb javob qildi radio bu savolga.

    TIRJAYISH

    -Savolimga mazza qilib kulgan bo'lsalaringiz kerak?-deb so'radi doimiy tinglovchilardan biri.

    -Yo'q, mazza qilib, tirjaydik!-javob berdi radio.

    O'ZBEK

    -Nega o'zbeklar ko'pchilik bo'lganda Karimovni maqtashadi va yakka qolganda yomonlashadi?-deb so'rashdi "O'zbek"dan.

    -Chunki yolg'iz qolganda o'ziga bek, o'ziga xon, O'zbekdir!,-deb javob qildi radio.

    XALQ

    -Karimov saylovda xalq ovoz berdi, deb aytdi, bunga nima deysiz?-deb so'rashdi "O'zbek"dan.

    -Qiziq ekansiz, ovozi bo'g'ilgan kasal ovoz berishi mumkin-mi?,-deb javob qildi radio.

    KO'CHADA

    -Bittasi "Yaqinda xalqimiz Ukrainadagiga o'xshab ko'chalarga chiqadi" deb yozgandi. Qachon chiqadi?-deb so'rashdi radiodan.

    -Boshqa joyga o'xshatib bo'lmaydi, o'zbeklar butun dunyodagi xalqlardan oldin uyg'onadilar va oldin ko'chaga chiqib ketadilar. Chunku o'zbeklar uy xalqi emas, ko'cha xalqi!-degan javob olishdi "O'zbek"dan.

    MUROJAAT

    -2004 yil, 26 Dekabr kuni xalqning qariyb to'qson foyizi saylovga chiqibdi. Agar xalq Karimovdan norozi bo'lsa, nega ovoz berishga chiqdi.?- deb so'radilar radiodan.

    -Chunki "Birlik "Saylovga chiqinglar!" deb murojaat qilgani uchun,-deb kesatiq bilan javob yo'lladi radio.

    TIL

    -Karimov "Dehqonlar partiyasini tuzdim, deganlar o'zbek tilini bilishmaydi. Vaholanki hozir dehqonlar faqat o'zbek tilida gapiradilar", dedi. Bu haq gap emasmi?- degan savolga javob so'rashdi radiodan.

    -Karimov bu gapni o'zbek tilida aytdimi?-deb savolga savol bilan javob olishdi.

    TESKARISI

    -EXXT "Ozbekistonda saylov erkin va adolatli bo'lmadi" degandan keyin Karimov "Bu tashkilot Yevropada, biz esa Markaziy Osiyoda" deb javob qildi. Bu uning Yevropadan yuz o'girishimi?-deb soradilar radiodan.

    -Har holda teskarisi yuz berganga o'xshyapti,-deb javob qildi O'zbek radiosi.

    SEVGI

    -Nega faqat siyoisy savolarga javob berasizlar, sevgi haqidagi savollarni nega chetlaysizlar?-degan savol tushdi radioga.

    -Kimning sevgisi haqida gapirayapsiz, xalqning Karimovga sevgisimi yoki Karimovning xalqqa sevgisimi?-deb javob qildi radio.

    PUL

    -Men siyosiy partiya tuzmoqchiman. Ishni nimadan boshlashim kerak? -deb so'rashdi O'zbek radiosidan.

    -Pul topishdan!-de javob berdi radio.

    RAD ETILGANLAR

    -Karimov muxolifatni rad etilganlar tashkil qiladi, deb aytdi, vaholanki bugun butun xalq unga muxolifatda, qanday qilib shunday deyishi mumkin?-deb so'rashdi radiodan.

    -Butun xalqni rad etgandan keyin aytaveradi-da!,-deb javob berdi radio.

    YOLG'ON

    -Karimov "Dehqonlar partiyasini tuzish uchun 50 ta ham odam to'play olishmabdi", dedi, bu to'g'rimi?

    -"Yolg'on ham evi bilan-da o'rtoq Karimov, partiyamizming men bilan qo'shganda 51 a'zoso bor!"- deb partiya raisining bayonotidan parcha keltirish bilan savolga javob qildi radio.

    AMERIKA OCHISH

    -"Amerika ochish" degan ibora ko'p ishlatilmoqda. Bu nima degani?-deb so'radi bir tinglovchi O'zbek radiosidan.

    -Bu Amerikadan siyosiy boshpana olish ko'paymoqda degani. Odamlar O'zbekistonning eshiklarini yopib, Amerikaning eshiklarini ochmoqdalar!-deb javob berdi radio.

    GADOLAR

    -Vatangado va vatanda gado bo'lgan ziyolilarning farqi nimada?-degan savol keldi radioga.

    -Vatangadolar vatanga sog'inib, halol mehnat qilib, kun kechiradilar, vatanda gadolar esa mehnat qilmasdan, gadoylik bilan kun o'tkazadilar,-degan javob berildi radiodan.

    FARQ

    Erkin Vohidov va Sharifa Salimova orasida qanday far bor?-deb so'radi tinlovchilardan biri.

    -Erkin Vohidov Karimovni saman "Ot" desa, Sharifa Salimova "Otam", deydi, far o'z-o'zidan ko'rinib turibdi,-deb javob qildi radio.

    SALOMATLIK YILI

    -Karimov 2005 yil Salomatlik yili bo'ladi, deb ishonchsizroq aytdi, nega?-deb so'rashdi radiodan.

    -U har holda rejimning, diktaturaning salomatligini nazarda tutgan bo'lsa kerak,-deb javob qildi "Ozbek".

    KIMGA?

    -Nega Lola Karimova "Sen yolg'iz emassan" degan tashkilot tuzgan. Bu tashkilot kimga g'amxo'rlik qiladi?-deb so'rashdi "O'zbek"dan.

    -Har holda, opasining tirik yetim bo'lgan bolalariga!,-deb javob qildi radio.

    REJA

    -Karimov nega buncha oltin yig'moqda?- deb so'rashdi radiodan.

    -Har holda jannatga kirish haqqini sotib olaman, deb o'ylayotgan bo'lsa kerak,-dedi "O'zbek".

    NIMA BO'LARDI?

    -Saylovdan keyin nima bo'ladi? -degan savol bilan O'zbek radiosiga murojaat qilishdi.

    -Nimani bo'lardi, narxlar oshsa kerak?,-deb javob qildi radio.

    YUBILEY

    -Qanday qilib Karimov Oybekning yubileyini o'tkazishga rozi bo'ldi? -deb so'rashdi "O'zbek"dan.

    -Xabaringiz yo'qmi, u allaqachon narigi dunyoda tarafdorlar to'plashga kirishgan,-deb javob qildi radio.

    INTERNET

    -Karimov Internetga ham kiramikan?- deb so'radi bir yigit O'zbek radiosidan.

    -Unda vaqtini qanday o'tkazadi?,-deb savolga savol bilan javob berdi radio.

    DUNYONI SUV BOSSA

    -Dynyoni suv bosdi, Sunamidan yuz minglab odamlar o'ldi, nega Karimov bu haqda lom-mim demadi?

    -Nima bilmaysizmi? Dunyoni suv bossa, Karimovning to'pig'iga chiqmaydi,-deb javob qildi radio bu savolga.

    NATIJA

    -Agar biror rahbar boshqalarni chetlab, fohishani ishga olsa, natijasi nima bo'ladi?-degan savol bilan O'zbek radiosiga murojaat qilishdi.

    -Nima bo'lardi, avval boshlig'i bilan yotadi, keyin boshlig'ini sotadi,-deb javob qildi radio.

    SAYXUN

    -Nega Sayxunni Sirdayo deb o'zgartirishgan?-deb so'rashdi "O'zbek"dan.

    -Chunki Sayxuning tubida ko'p gaplar, ko'p sirlar borligi uchun xalq shunday qarorga kelgan,- deb javob berdi radio.

    "QUTULDIK"

    -Men o'lsam, qabr toshimga nima deb yozdirgan bo'lardingizlar?-deb so'radi bir tinglovchi O'zbek radiosidan.

    -"Xudo rahmat qilsin, savoldan qutuldik!"-deb javob berdi radio.

    HUSHYOR KO'RINADI

    -Yarim tunda Yangi yil tabrigini o'qigan Karimov mast bo'lsa ham hushyor ko'rindi, sezdingizlarmi?-deb so'rashdi O'zbek radiosidan.

    -Ha, Karimov hamma vaqt hushyor ko'rinishga urinadi,-deb javob qildi radio.

    Жойлади: Маъмур
    Всего комментариев: 0
    Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
    [ Регистрация | Вход ]
    Copyright MyCorp © 2025
    Сайт управляется системой uCoz