Ризобек Воскресенье, 2025-06-22, 21.56.05
Приветствую Вас Гость | RSS
Главная | | Регистрация | Вход
Меню сайта
    Статистика

    Онлайн всего: 1
    Гостей: 1
    Пользователей: 0
    Форма входа
    Главная » 2007 » Май » 25 » Muhlis Erkin maktubi
    19.06.11
    Muhlis Erkin maktubi
    Shu kunlarda uzoq muzli o'lkalarda makon qurib olgan bir guruh soxta "demokrat"lar o'zlarining allaqachon axlatxonaga aylanib bo'lgan (agar ta'bir joiz bo'lsa) internet nashrlarida taniqli siyosatchi va jurnalist,Demokratik O'zbekiston Kongressining rahbari Jahongir Muhammad sha'nini haqoratlovchi,fisqu-fasod va bo'htondan iborat bo'lgan qator chiqishlar qilishmoqda.Bularning boshqa qiladigan ishi yo'q,bular ig'vogarlikni o'zlariga kasb qilib olishgan,kunda-kunora birovni g'iybat qilmasa turolmaydigan bo'lib qolishgan.Savol tug'iladi,nega bular bunchalik chiranib DO'K rahbari shaxsiyatini qoralovchi mavzuga zo'r bermoqda,chunki J.Muhammad bu kimsalarning "dohiysi va yo'lboshlovchisi"ni haqiqiy basharasini aniq dalil va isbotlar bilan ochib tashladi, shu sababli bugun ularni paytavasiga qurt tushgan,shu sababdan ham ular tuhmat va bo'hton tarqatishning eng iflos va jirkanch usullaridan ham qaytishmayapti,go'yoki shu yo'l bilan o'z maqsadlariga erishmoqchi bo'lishadi.

    Lekin ular bunaqa uydirmalar tarqatishda harchand urinishmasin hammasi befoyda,bugungi kunda har bir sog'lom fikrli insonlar kim kimligini allaqachon bilib bo'lgan,bunday ig'vo-yu g'iybatlar bilan o'z-o'zlarini ovutib yuraverishadi,muzli yurtda ularning yuragi ham muzlab qolgan,unaqa yurakda mehr,samimiylik o'rnini razolat va qabohat egallagan,zeroki muzning tafti yo'q.

    Elimizning mard,jasur farzandi Jahongir Muhammadga mustahkam sog'lik,olib borayotgan barcha ezgu-ishlariga ollohdan kuch-qudrat so'rab qolamiz.

    ERKIN.

    Жойлади: Маъмур
    Всего комментариев: 0
    Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
    [ Регистрация | Вход ]
    Copyright MyCorp © 2025
    Сайт управляется системой uCoz