RIZO OBID KIM O'ZI, DEGAN YUSUF KIM O'ZI?
(Rasm Yusuf Rasul saytiga qo'ygan o'z surati bo'lsa kerak)) Yusuf Rasulov janobi oliylari!Siz yozgandek "taniqli inson haqlari himoyachisi,jurnalist "To'lqin Qoraev va sizga o'hshagan mustaqil jurnalistlar yozganlariga,o'rtaga tashlagan savollaringizga javob bermasam huquqlaringiz poymol bo'lib qolmasin,deb ushbuni yo'llayapman. Kamina Rizo Obid 12 yoshida 1970 yil,21 aprelning shanba kuni O'zbekiston Respublikasi yoshlar gazetida ilk mashqi e'lon qilingan oddiy havaskor qalamkashman.Yaqinda hudo hohlasa 50 yoshga to'laman.Tarjimai holimni to'laligicha yozmoqchi emasman,faqat sizni qiziqtirgan ayrim nuqtalarga to'htalaman holos. …1992 yil.”Birlik” Halq Harakati muassisligida O'zbekistonda birinchi rasman ro'yhatdan o'tgan "ISTIQLOL” nomli mustaqil ijtimoiy-siyosiy gazetani o'z hisobimdan chop etib bosh muharrirlik qilgan Rizo Obidman. …Chizgilaringizni o'qigach,”Amerika ovozi” radiosida siz bilan bir muddat birga ishlaganimdan goyat afsuslandim…. …Men Abdurahim Po'latovni ham,Salay Madaminovni ham,Jahongir Mamatovni ham uzoqdan olim,ijodkor,shiyosatchi,ziyoli kishilar sifatida taniyman.Va ularning hech biri tarafdamasman.Hammalari ham men uchun teng. …Siz aytayotgan Marfua Tohtahojaeva,degan ayolning oldiga boshlab borganingiz,u ayol bilan siz uzoq vaqt mendan ancha narida nimalar haqdadir uzoq suhbat qilganingiz va militsa chaqirganingizlar yodimda.Militsa kelib ,hech qanday mast va to'polonchi yo'qku ,deganda,sizlar mana ,deb meni ko'rsatganingiz,lekin hotirjam va husherligimni ko'rib,bu kishini olib ketolmaymiz,deb qaytib ketgani esimda.Hozirgacha meni u ayol yoniga nimaga boshlab borgansiz,nimani maqsad qilgan edingiz menga qorongu.Ozingizga ayon. …Ravshan Shamsning pulini eb ketgan,deb yozasiz.AQSHdan o'shandagi radio boshliq janob Nusratulloh Laheb kelganda sizning uyingizda "Amerika ovozi”da ishlaydiganlar hammasi yigilishgandi.O'shanda R.Shams ish boshlaganiga bir necha kun bo'luvdi.O'zingiz yahsi eslasangiz ishlay boshlaganingizdan so'ng 4-5 oy o'tib qalamhaqi kelar edi.Lekin R.Shams oilaviy sharoitim ogir,ayolim kasal degach sizning uyingizda ,hammaning guvohligida yonimdan pul berib yuborganman.Siz eslolmasangiz R.Shams va boshqalar eslashsa kerak.Keyinchalik ,”Ozodlik” radiosining Toshkent byurosida siz o'z qolingiz bilan tilhat yozib,R.Shamsga berib qo'yaman,u Namanganga borolmaydi.Puli kelsa ushlab qolarsiz,deb mendan pul olib qolgandingiz..Omonatni etkazdingizmi yoqmi ,habarim bo'lmadi. Namanganga borsam oilasi bilan yashamayotgan ekan,ayoli hafa bo'ldi,debsiz.Men oilam bilan umuman Namangan shahrida yashamaganmiz.30 yildan beri qishloqda yashaymiz.Siz Namanganga nima maqsadda bordingiz-u,ganaqa ayolning shikoyatini eshitib keldingiz bunisini -da ozingiz bilasiz,men bilmadim.. She'rimga kelsak,men qo'limga qalam,qogoz olib yozayotganimda u OAV e'lon qilinishi ehtimoli va millionlab o'quvchilar mutoalasi ma'suliyatini his qilib turaman.Men oddiy havaskor qalamkashman,buni siz professionallar yahsi tushunarsiz ,deb o'ylardim.Afsus… Mana saytlarda "…halq dengizdir,halq to'lqindir..” va hakozolar ,deb peshtoqiga shior osib qoyishgan.Uni o'qib To'lqin ,degani To'lqin Qoraev,Dengiz degani Gurjistonning "Dinamo” komandasi o'yinchisi Dengiz Sulakvelidzeni yozib qo'yibdi,deb tushunaylikmi? She'riy mashqlarimda kimningdir ismi yo jismiga mos so'z uchrasa o'sha falonchi,deyishni qanday tushunish mumkin? Sizning bitiklaringiz e'lon qilingunga qadar anonim nomlar bilan ,To'lqin Qoraev nomidan ko'plab haqoratli hatlar oldim.Lekin men ularga javob yozmadim ,chunki To'lqin Qoraevni bilaman esli-hushli ijodkor edi.Hozir ham shu fikrdaman.Bizlarni kimdir gij-gijlayotgan bolishi mumkin ,deb o'yladim.Lekin agar u siz yozishingiz bo'yicha qo'ngiroq qilib, mendan hafa bolganini sizga aytgan bolsa afsus…Siz kimsiz o'zi ?Hamma sizga shikoyat qilaversa-ya.Nahotki shunday? Nahotki siz va siz kabi taniqli ijodkorlar adabiyotni tushunmaysiz?Unda menga o'hshagan havaskor qalamkashlar-u,oddiy o'quvchilar nima qilsin? …Endi,Rizo Obid qanday qilib,siyosiy muhojir maqomini olib Gollandiyaga kelib qoldiykin,deb hayron bo'lib yozyapsiz.Hayron bo'lmang.Menga siyosiy muhojir maqomini BMT ning shu masala boyicha komissiyasi bergan.Negaligini balki BMT raisi janob Kofi Ananga xat yozib sorarsiz?Tushuntirib berar.Lekin uzr, endi u yogi mening vakolatimga kirmaydi. Yusuf Rasulmi nima, Behruz ham edingiz shekilli, har-hil anov andoq,manov mandoq ekan degan ertaknoma bitiklarni chizishdan tiyilishni maslahat berar edim.Lekin anov Prezidentga qarshi kurashasizmi yo boshqa ish bilan shugullanasizmi yana ozingiz bilasiz. Sizga samimiy ijodiy muvafaqqiyatlar tilab Rizaho'ja Rizo Obid.
Manba: Isyonkor sayti 21 avgust,2006 yil.
|