Ризобек Четверг, 2024-11-14, 21.00.24
Приветствую Вас Гость | RSS
Главная | | Регистрация | Вход
Меню сайта
    Статистика

    Онлайн всего: 4
    Гостей: 4
    Пользователей: 0
    Форма входа

    Главная » 2007 » Июнь » 13 » JAHONGIR MUHAMMAD:FIKR IRMOQLARI
    00.34.57
    JAHONGIR MUHAMMAD:FIKR IRMOQLARI
    JAHONGIR MUHAMMAD

    ( Vaqti- vaqti bilan yangilari

    qo’shib boriladi, kuzatib turing)

    -“Xizmatga bormiz!” degan mingta, xizmatni qiladigan bitta!

    -Ko'rinib turishni istaydiganlar ko'pchilik, ko'radiganlar esa ozchilik .

    -Suratni har qancha bo'yasangiz ham siymoga aylanmaydi.

    -Rahbarning falsafasi: Men emas, u birinchi telefon qilishi kerak!

    -Tanqid qilgan odamga: "Seni kechirdim", deyish "Tanqidingni tan olmayman! Men haq, sen aybdor eding!", deganidir!

    -Fohishaning fojiasi: har qanday rahbarning fohishasi bo'la oladi!

    -Birovni "U hech kimdir!" deya mensimang, u o'sha lahzadan boshlab sizdan ustun odamga aylanadi!

    -Siyosatda o'yin qilish yomon emas, ammo o'yinchi bo'lib qolish yomon.

    -O'zinigina o'ylagan bugun yutishi mumkin, ammo uzoq kelajakda yutqazishi muqarrar.

    -Kim uchundir aqllilik ham axmoqlikning ko'rinishidir.

    -Tanqidni "loy chaplash" deb baholash - bolakaylik!

    -Mahalliychilik - O'zbekning ajali!

    -Turk ekanligini anglay olmagan o'zi bek-O'zbekdir!

    -To'ydan oldin nog'ora chalgan siyosatchito'ydan keyin tog'ora chaladi.

    -Bir juvon go'zal, aqlli, odobli va ayni paytda makkor ham bo'lishi ehtimoldan xoli emas. Go'zalligi, aqli va odobiga darhol baho bera olasiz, ammo makkorligini bilish uchun umringiz yetmasligi mumkin.Siyosatchining makkorligini bilish bilan ayolning makkorligini aniqlash orasida farq yo'q.

    -O'zini yenga olmagan o'zgani yenga olmaydi!

    -Demokratiyani gapirganga emas, uni o'z hayoti misolida ko'rsatganga ishon!

    -Zarar keltirishga intilgan odam yaxshilikni yoyish uchun maosh olib ishlaganda ham zarar keltiraveradi.

    -Kimki siyosatni pul uchun emas, qalbining amri uchun qilsa, u haqiqiy siyosatchidir!

    -Senzuradan ezilgan odam senzor bo'lsa, ajablanmang, bu uning orzusi amalga oshgani!

    -Umid birlashtiradi, umidsizlik ayiradi!

    -Bir so'z buzgan dunyoni ming so'z tuza olmasligi mumkin.

    -Birovni egoist deb ayblash egoistlikdan kelib chiqadi.

    MATBUOT VA JURNALISTIKA

    -Matbuoti erkin bo’lmagan elning odamlari qulog’i yaxshi eshitmaydigan, ko’zi xira kishining ahvoliga tushadilar.Ular turli vositalar bilan o’zlariga eshittiriligani va ko’rsatilganidan boshqa narsani bilmaydilar. Agar bilsalar… o’sha kun ularning uyg’onish kuni bo’ladi.

    -Jurnalistika dengizga o’xshaydi. Kimdir unda marvaridni ko’radi, kimdir sho’r suvni va kimdir akulani.

    -Jurnalistika dengizga o’xshaydi. Uning bag’riga sho’ng’iganlardan kimdir sadaf izlaydi, kimdir uning to’lqinlaridan mavjlanadi, kimdir unda sho’r suvdan boshqa narsa topolmaydi va kimdir akulaga yem bo’ladi.

    -Haq so’z dor tagida bo’yinga ilingan arqonga o’xshaydi. Aytmasang bug’ilasan, aytsang ham bug’ilasan.Tanlov o’zingda. Aytib qol.

    -Jurnalistikani kasbi kor, kun kechirish manbai deb bilganlar jurnalistlar emas, oddiy kemiruvchilardir. Jurnalistikani haqiqatga xizmat, deb bilganlar esa halovatlaridan kechgan jonsaraklardir. Har holda kemiruvchilikdan jonsaraklik yaxshiroq!

    -Internet radio va televideniyening o’rninni oladi, deganlar ko’p. O’rnini ololmaydi, balki radio va televideniye internetning muhim bir bo’lagiga aylanadi.

    -Kelajakda internet, radio va televideniye uylardan mashinalarning ichiga ko’chadi hamda odamlarning "qo’l soati"ga aylanadi.

    -Oshkoralik ma’naviy ozuqa. Ba’zan internetdan foydalanuvchilar buni oddiy ozuqa deb biladilar va suiistemol qiladilar, ya’ni mol kabi ko’proq yeb qo’yadilar.

    -Radio- bu quloqdan kirib u quloqdan chiqiib ketadigan ovoz, deydilar ba’zilar. Ammo ko’rib bo’lmaydigan, sezib bo’lmaydigan iz qoldirib ketadi bu ovoz.

    -Ba’zan qilichdan qo’rqmaganlar ham so’zdaan qo’rqadilar.

    -Senzura- qonunsiz jamiyatda haqiqat uchunn chiqarlgan o’lim hukmi.

    -Yozganing o’zingga yoqmasa nima uchun menga yoqishi kerak.

    -Seni quvg’in qiladilar, qo’rqma, yozaver!!

    Seni qamaydilar, qo’rqma, yozaver!

    Seni kaltaklaydilar, cho’chima, yozaver!

    Seni so’kadilar, parvo qilma, yozaver!

    Sen jurnalistsan, yozish sening vazifang, qolganlari esa qismating.

    DIKTATOR VA DIKTATURA

    Har kimning fe’lida diktatorlik bor. Ammo birida u g’olib, birida bu g’olib.

    Diktatura qurtlagan ovqat. Ko’ngli tortganlar yeydi.

    Diktator qurtboshi. Ko’ngli istaganlar bo’ysunadi.

    Qamoq –diktatorning xayli.

    Taxt-diktatorning xalqi.

    Hukumat esa diktatorning xotini.

    Qo’lingdan kelsa zulmatni yoritish uchun sham yoq. Agar qo’lingan kelmasa yongan shamlarni o’chirma. Bu ham sham yoqish bilan barobar.

    Diktator ovchi, seni otib olishga harakat qiladi, sotib olishga harakat qiladi.Qo’liga tushdingmi, qozonida qaynaysan.

    Zulm vaqtinchadir, ammo "me’rosi" abadiy.

    Kechagi bolalar bugungi nolalardan bexabar,
    Bugungi bolalar kechagi lolalardan bexabar.

    JURNALISTLAR HAQIDA

    Jurnalistlarni uch toifaga bo’lish mumkin.
    1. O’z joniga suiqasd qilganlar. Ular tug’ma qobiliyatga ega bo’ladilar va jurnalistlikdan adib, arbob darajasiga yetadilar.

    So’z sehrini o’zlari ham his etadilar va o’quvchiga ham his ettiradilar. Yozganlari voqeaga aylanadi, esda qoladi, o’lmaydi.

    Ular umrlarini yozganlariga bag’ishlaydlar.
    2. Chalajon jurnalistlar. Ular jurnalisitika bilan cheklanib qolgan ijodkorlardir. O’z iste’dodlarini qanday qilib ishga solishni bilmay yuradilar, yozganlari chala jon bo’lgani kabi o’zlari ham chala jondek ichki bir qiynalish bilan yashab o’tadilar.
    3. Haykal jurnalistlar. Ular ishchan, ammo yozganlari loydan yasalgan va qurib qolgan haykalchalarga o’xshaydi. Ularni qup-quruq jurnalistlar ham deyish mumkin.Ularga ko’cha supurishni topshirsangiz ham qoyil qilib bajaradilar, ammo ko’cha iflos ko’rinaveradi. Birov ularning biror yozgan narsasini eslay olmaydi, ammo juda ko’p yozadilar.Mahmadanaliklari ham olamga sig’maydi. Ne darig’ki, bular ko’pchilikni tashkil qiladilar.

    DO'STLIK

    Do’sting nega seni sotganini tahlil qildingmi? Chunki do’st tanlashni bilmaysan. Xafa bo’lma, boshqalar ham bilmaydilar.

    ONA TILI

    O’zga tilda dod solmoq ixtiyordir,
    Ona tilni yod olmoq iftixordir.

    Manba:www.jahongir.org

    Жойлади: Маъмур
    Всего комментариев: 0
    Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
    [ Регистрация | Вход ]
    Copyright MyCorp © 2024
    Сайт управляется системой uCoz