Assalomu alaykum!
Hammaga savolim bor. Man xozirda xorijdaman. Masjidda arab va boshqa
muslimlar Farzdan keyin nomozdan keyingi duolarni (Qunut duosi
suxanolloh (33), alhamdulilloh (33), Allohu akbar (33) va boshqalat)
o'qiydilar. Manimcha bizda sunnatni ham o'qib bulgandan keyin o'qiydi.
Yana Juma nomozida 2 rakat farz, va kimdir 2 kimdir 3 rakat fars
o'qiydi. O'zbekistonda 4 rakat sunnat 2 rakat farz 4 rakat farz
o'qiladi. Iltimos shunga izox bersangiz.
Камолжоннинг ушбу саволларига жавоб олиш учун АБУ ИСА жанобларига мурожаат этиб,қуйидаги жавобни олдик.
Assalomu alaykum Rizo aka!Men sizni xatingizni endi,tasodifan ko'rib qoldim.Shunga javob yozyapman.U kishining bergan savollariga qicqacha javob bermoqchiman.Agar u kifoya qilmasa keyin yana dalillari bilan javob beramiz inshaAllah.1-dan namozdan keyin qunut duosi o'qilmaydi,qunut duosi vitr namozida o'qiladi.Payg'mbarimizning suttatlariga ko'ra farz namozdan keyin tasbihlarni o'qib keyin sunnat namozlarini uyga borib o'qigan afzal chunki Paygámbarimiz S.A.V ning (uylaringizni mozorga aylantirib qoýmangiz,sunnat namozlarini uylaringizga borib o'qingiz) degan ma'noda hadislari bor.Biz taraflarda esa bu boshqacha qilinadi yani sunnat,farz namozlarini o'qib bo'lgach jamoat bilan tasbihlarni o'qib keyin yana ketidan quron ham o'qishadi.Bu esa islomda asli bo'lmagan bid'at amaldir.Tasbihlarni o'zi bid'at emas balki u narsani jamoat bilan ado qilishlik bid'at sanaladi.Keyingi savolga kelsak;-men hali biron bir kishini juma kuni 3 rakat farz namozini o'qiganini eshitmaganman.Agar biron kishi bilib turib shunday qilgan taqdirda u sharyatdan tashqarida amal qilgan bo'ladi. 3 rakat farz namozi faqatgina shom namozi bo'lani.Allahu a'lam.Allah hammamizga tofiq bersin.