Do’stim Yusuf Jumaning o’g'li Mashrabjonni qamoqqa solinganini eshitib, qalbim larzaga keldi.
Naqadar razil - bu tuzum. Avalroq qadrdonimiz Baxtiyor Hamroni ham shu kuyga soldilar.
Ixtiyor va Mashrabni qamoqda otalari uchun o’tirishi -
O’zbekistondagi mavjud rejimning qudratini emas, uning naqadar
ojizligini anglatadi. Inson ma’naviyati
shunisi bilan insoniyki, u malum qadriyatlar bilan chegaralanadi. Inson
shunisi bilan insonki, u hayvoniy yirtqichlikni qoralaydi va undan
o’zini cheklaydi.
O’zbekistondagi rejimni ushbu qilayotgan ishlari hech bir zamonda
ham oqlanmasligi aniq. Chunki Ixtiyor va Mashrabni qanchalik aybdor
demang, bunga hech kimni ishontira olmaysiz. Ular ham inson balki xato
qilgandir, deyishingiz mumkin. Mumkin. Men aslo ishonmayman aynan shu
holatda ular xato qilganligiga.
O’zbekiston huquq tartibot organlari ko’z ungida qancha
hokimvachchalar qonunlarni oyoq osti qilib erkatoylik qilib, nima
karomatlar korsatib yuribdi, hamma biladi. Biroq jim…
Bir bechora shoirni haq gapni aytgani uchun- og’lini unga tuzoq
qoyib, soxta ayb bilan qamash insofli odamlarni ishi emas.
Yusuf do’stim chekinma - bu azoblar o’tkinchi. Mashrab ham otasining
og’li bo’lsa, bu mashaqqatlarga chidaydi. Haq albatta qaror topadi.
Agar sen joningni fido qilishga ham tayyor shu xalq, xalq bo’la
boshlagan bo’lsa yoningga keladi. Bo’lmasa bilki sen bilan bizni
mehnatlarimiz hali unchalik samara bermabdi. Baribir unutma, sen bu
pastkashlardan yuqoridasan!
Olis Canadadan turib Ollohdan senga madad sorayman! Yovuzlarni Olloh razillikdan qaytarsin.