Ризобек Воскресенье, 2024-05-19, 06.01.22
Приветствую Вас Гость | RSS
Главная | | Регистрация | Вход
Меню сайта
    Статистика

    Онлайн всего: 1
    Гостей: 1
    Пользователей: 0
    Форма входа

    Главная » 2008 » Май » 30 » Жаҳон адабиётини ўрганамиз
    07.27.24
    Жаҳон адабиётини ўрганамиз
    Xoldor Vulqon

    2.SO‘Z SEHRI

    (Xayku xaqida )

    * * *
    Shoir va adib Xoldor Vulqon Yapon she’riyatidan
    1983 yili tarjima qilgan asarlarni bizga yo´llabdi.Biz esa uni muhtaram o´quvchilar hukmiga havola etishni lozim topdik.

    Tahririyat.
    * * *
    Xayku yolg‘izlikni kuylaguvchi ixcham san’at asari bo‘lib u tashvishlardan bezgan,
    noxaqliklardan, ozorlardan charchagan, g‘iybatlar paykonidan vujudlari g‘alvir, xorg‘in ruh egalarining
    chekinadigan uzlatgoxi, xilvatidir. Yapon shoirlari tabiat bilan uyg‘un umr kechirib xaykular yozish
    uchun roxiblar kabi janda kiyib, xassa tayanib yovvoyi kaptarlar g‘uvillayotgan kimsasiz dalalar
    ortida,tumanli tog‘ qishloqlaridagi chakalakzor o‘rmonlarda, vayrona ibodatxonalarning unut
    xarobalarida, yovvoyi gullar ochilib yotgan o‘ngirlarda yolg‘iz yashaganlar va go‘zal, o‘lmas asarlarni
    yozib qoldirganlar. Xaykularda ko‘p qirrali nimkosa ma’no, falsafiy mazmun yo‘q. Yapon shoirlari
    xaykular orqali go‘zal tabiat manzaralarini, yoxud narsalar xolatini yoki odamning muayyan ruhiy
    kayfiyatini aks etdirish orqali o‘quvchiga xayrat bag‘ishlaydi, tuyg‘ularini ibtidoiylashtirib tabiatga
    yaqinlashtiradi, insonning hissiyotlarini sun’iylik g‘uborlaridan tozalaydi.Xaykularda aks etdirilgan
    manzaralarni ko‘z oldingizga keltira olsangiz, tog‘dagi qishloqda oy chiqishini sarg‘ayib kuzatayotgan
    dexqonlar holatini,butazorlar ortidan ohista ko‘tarilayotgan to‘lin oyni ko‘rayotganday, chigirtkalar
    chirillashini eshitayotganday, bo‘lasiz. Tahayyul va tahayyur shu’lalariga yo‘g‘rilasiz. Quyida bundan
    olti asr avval yozilgan yapon xaykularini o‘z tarjimam orqali xukmingizga xavola qilarkanman
    ,shunday ajoyib yapon shoirlarining xaykularini va tankalarini ona tilimizga o‘girish menga ham nasib
    etgani uchun Janobi Haqqa hamdu sanolar aytaman.

    Negaki, Payg‘ambarimiz Sarvari koinot Hazrati Muhammad Sallolloxu A’layxi Va Sallam o‘z xadisi
    muboraklarida marxamat qilib: -So‘zda sehr, she’rda hikmat bor - deganlar. Qolaversa , yapon
    shoirlari toju-taxt vasvasasi, fisqu fasod, shaxvoniyat va molu dunyo xirsidan yiroq o‘z xayku va
    tankalarida Ollox yaratgan dunyoning go‘zal manzaralarini aks ettirib bandalarga hayrat bag‘ishlaydi ,
    insonlar qalbida Ollox qudratining tajallosi bo‘lgan tabiatning musaffo go‘zalligiga mexr - muhabbat
    uyg‘otadi .

    BUNDAN 600 YIL AVVAL YOZILGAN XAYKU VA TANKALAR

    * * *
    Bahor shamoli .
    Yutoqib - yutoqib suv ichar sichqon
    Sumida daryosidan . . .


    Kobayasi ISSA .


    * * *
    Qayiq ustida varaqlari
    Tosh bilan bostirilgan kitob
    Bahor shamollari esar . . .


    KITO .


    * * *
    Bahor shamoli .
    Turnalar oqarib xurpayar ,
    Qarag‘aylar orasida . . .


    RAYDZON .


    * * *
    Xuddi odamlarday daydib yuribdi ,
    Kaptarlar , chumchuqlar
    Baliq ovi mavsumida .


    Kobayasi ISSA .


    * * *
    Baliq ovi mavsumida
    Qisqichbaqa ishonqiramay
    O’lchab yurar qumda oyoq izlarin . . .


    ROFU


    * * *
    Gullagan sakuralar ichra
    Fudziyama yuksalmish ko‘kka -
    Yaponiyada bahor !


    SYoU.


    * * *
    Uzoqdagi fudzi tog‘larin
    To‘sib qo‘ydi yashil to‘nila
    Yoshgina yaproq .


    Yosa BUSON .


    * * *
    Sholi ekish mavsumi .
    Ox qancha qayg‘u , qancha tashvishlar
    Quyilgan - a bu qo‘shiqlarga !


    Kobayasi ISSA .


    * * *
    Dexqon uxlar tog‘ etagida .
    Ketmonchaga boshini qo‘yib
    To‘rg‘ay sayramoqda havoda .


    Kobayasi ISSA .


    * * *
    Sholipoya chopgani chiqdim .
    Qush ham sayrab qo‘ymas aqalli
    Tog‘ yonbag‘rida . . .


    Yosa BUSON .


    * * *
    Men bu yerni ag‘dargunimcha
    Ketib qopti dala osmonida
    Suzib yurgan bir parcha bulut . . .


    Yosa BUSON .


    * * *
    Oqshom tutunlari .
    Nog‘oralar zirillar gulxan tomonda
    Chalinadi quloqqa qo‘shiq . . .


    RYoTA .


    * * *
    Kun uzoq cho‘zilar
    Ko‘prikka qo‘nganicha turar tustovuq
    Ketmaydi uchib . . .


    Yosa BUSON .


    * * *
    Kun uzundan uzoq ,
    Olisdan elas - elas eshitiladi ,
    Objuvozning horg‘in g‘ijiri . . .


    YaXA .


    * * *
    Uzoqda uchmoqda bir gala o‘rdak ,
    Men ketmonchamni chayqayman .
    ” G’aq ” etadi nimadir suvda . . .


    Yosa BUSON .


    * * *
    O’tloq uzra tutun cho‘zilgan
    Vaysashmoqda bir narsalar deb
    Ikkita biya . . .

    Kobayasi ISSA .


    * * *
    Eh sen bulbul !
    Loy oyog‘ingni arttayapsanmi ,
    Olxo‘ri gullariga . . .


    Kobayasi ISSA .


    * * *
    Bulbul sayrayapti
    Har zamonda tashlab qahrli nazar
    Mening kulbamga . . .


    Kobayasi ISSA .

    ( Davom etadi )

    Жойлади: Маъмур
    Всего комментариев: 0
    Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
    [ Регистрация | Вход ]
    Copyright MyCorp © 2024
    Сайт управляется системой uCoz