Azizjon
(Musofir)
Germaniya,Bielefeld shahri Raхmat!
Assalomu
alykum Rizobek aka(yuqoridagi gaplarizni o´qib uzbekchasiga "Aka"
deyishga jur´at etdim)! Manga "O´lib ko´rgan odam" nomli hajviy
hikoyangiz juda yoqdi! Haqiqatdan ham Odamzod bu olamni tark etgach,
uni ketidan dod faryod qilamiz,ko´klarga ko´tarib maqtaymiz-u, aslida
tirikligidachi..... Bu haqda juda ko´p gapirilgan bo´lsada lekin
baribir... Bu dunyoda hamma bir-biriga g´animatligini juda kech
tushunamiz, qancha-qancha ajdodlardan qolib kelayotgan bu eski dunyoni
hech narsaga arzimaydigan tahsvishlariga berilib yaqinlarimizni
e´tiborsiz qoldiramiz va buni to´liq his qilgan paytimizda judayam kech
bo´larkan, inson olamdan o´tganida ba´zilar uning orqasidan dod-faryod
qilishi qanchalik soxta bo´lgani kabi, xuddi o´sha ba´zilar inson
tirikligida uni bir chaqaga olmasligi shunchalik haqiqatdir. Rizobek
aka bu hikoyanggiz manga juda yoqdi! Raxmat sizga! Ishlarizga rivoj
tilayman, doimo salomatlik va xotirjamlik sizni tark etmasin! Raxmat!
|