Mansur, O'zbekiston
“Ўзи учун ухлаган - биров учун туш кўрмас” ni oqib …..
Men O’zbekiston fuqarosiman.Oddiy bir fuqaro sifatida millionlar kabi
har tomonlama rivojlangan,erkin,qonunlar ustivor,barcha huquqlarim
davlat tomonidan kafolatlangan,ertangi kuni mavhum bolmagan davlatda
yashashni istayman . Lekin ming afsuskim bugunki kunda vatanda bularning
batamom aksini korib turibmiz . Garchi televideniemiz (bemalol “Jannat
TV” desak ham bolaveradi) va OAV ayuhannos solib bunday emas deb bizni
ishontirish uchun jonini jabborga berib harakat qilib turgan bolsa ham. Qashshoqlik,ishsizlik va shu kabi onlab “lik”, “lik” larning sababi- iqtisod deb oylayman. Iqtisod sohasidan ancha uzoq bolganim uchun bu haqda boshqa tishga bosadigan fikr bildira olmasam kerak. “Фақат ва фақат мамлакат ичидаги одамларгина аҳволни ўнглашлари мумкин.” jumla boyicha fikrlarim.
Bugungi kunda mamlakat ichidagi odamlarni birlashtiradigan siyosiy
,ijtimoiy kuch yuq. Agar patetik mavjud bolgan taqdirda ham, juda borsa
15 ta ziyolini boshini bir yoqadan chiqarishi mumkin. Biror
partiya yoki jamoa rahbari davlat minbaridan turib halq nomidan sozlash
uchun avvalo shu halq ichida safdoshlari bolishi kerak, ya’ni a’zolar.
Qorni och odamga partiya,siyosat qiziq emas ,unga ertaga bozorda paxta
yogi nech som sotilishi qiziq. Moddiy ta’minlanganga ham qiziq emas,
unga o’zgarish kerak emas, shunday ham yomon yashamayapti. Demak hali-veri axvol onglanishidan umid qilmasak ham bo’laveradi.Achchiq bo’lsa-da haqiqat. Bu haqda ancha mulohaza qilish mumkin, saytdagi forumga shu mavzuni bir
atroflicha muhokama qilinsa yaxshi bo’lar edi. Yoshi bizdan
uluglar,boshqacha munosabat egalari ,umuman shu haqda o’ylaydigan
vatandoshlar bilan fikr almashilinsa foydadan holi bo’lmas. Hurmat bilan Mansur Таҳририят:Мухлислар
ва ўқувчилардан у ёки бу мавзу юзасидан тез-тез мактублар олиб
турамиз.Лекин уларнинг кўпчилигини айрим гуруҳлар ўртасидаги
зиддиятларни кучайтирмасин деган андиша билан эълон
қилавермаймиз.Бундан буён эса келаётган холис фикр-мулоҳазаларни
мунозара учун "Муносабат", "Мулоҳаза" рукнлари остида эълон қилиб
боришни лозим топдик.
|