Ризобек Воскресенье, 2024-05-19, 02.33.52
Приветствую Вас Гость | RSS
Главная | | Регистрация | Вход
Меню сайта
    Статистика

    Онлайн всего: 1
    Гостей: 1
    Пользователей: 0
    Форма входа

    Главная » 2008 » Июнь » 11 » Jahon adabiyotini o'rganamiz
    00.49.12
    Jahon adabiyotini o'rganamiz
    Xoldor Vulqon

    3.SO‘Z SEHRI

    (Xayku xaqida )

    * * *
    Hozirda Kanada mamlakatida muhojirotda yashayotgan vatandosh shoir va adib Xoldor Vulqon Yapon she’riyatidan
    1983 yili tarjima qilgan asarlarni bizga yo´llabdi.Biz esa uni muhtaram o´quvchilar hukmiga havola etishni lozim topdik.

    Tahririyat.
    * * *
    Xayku yolg‘izlikni kuylaguvchi ixcham san’at asari bo‘lib u tashvishlardan bezgan,
    noxaqliklardan, ozorlardan charchagan, g‘iybatlar paykonidan vujudlari g‘alvir, xorg‘in ruh egalarining
    chekinadigan uzlatgoxi, xilvatidir. Yapon shoirlari tabiat bilan uyg‘un umr kechirib xaykular yozish
    uchun roxiblar kabi janda kiyib, xassa tayanib yovvoyi kaptarlar g‘uvillayotgan kimsasiz dalalar
    ortida,tumanli tog‘ qishloqlaridagi chakalakzor o‘rmonlarda, vayrona ibodatxonalarning unut
    xarobalarida, yovvoyi gullar ochilib yotgan o‘ngirlarda yolg‘iz yashaganlar va go‘zal, o‘lmas asarlarni
    yozib qoldirganlar. Xaykularda ko‘p qirrali nimkosa ma’no, falsafiy mazmun yo‘q. Yapon shoirlari
    xaykular orqali go‘zal tabiat manzaralarini, yoxud narsalar xolatini yoki odamning muayyan ruhiy
    kayfiyatini aks etdirish orqali o‘quvchiga xayrat bag‘ishlaydi, tuyg‘ularini ibtidoiylashtirib tabiatga
    yaqinlashtiradi, insonning hissiyotlarini sun’iylik g‘uborlaridan tozalaydi.Xaykularda aks etdirilgan
    manzaralarni ko‘z oldingizga keltira olsangiz, tog‘dagi qishloqda oy chiqishini sarg‘ayib kuzatayotgan
    dexqonlar holatini,butazorlar ortidan ohista ko‘tarilayotgan to‘lin oyni ko‘rayotganday, chigirtkalar
    chirillashini eshitayotganday, bo‘lasiz. Tahayyul va tahayyur shu’lalariga yo‘g‘rilasiz. Quyida bundan
    olti asr avval yozilgan yapon xaykularini o‘z tarjimam orqali xukmingizga xavola qilarkanman
    ,shunday ajoyib yapon shoirlarining xaykularini va tankalarini ona tilimizga o‘girish menga ham nasib
    etgani uchun Janobi Haqqa hamdu sanolar aytaman.

    Negaki, Payg‘ambarimiz Sarvari koinot Hazrati Muhammad Sallolloxu A’layxi Va Sallam o‘z xadisi
    muboraklarida marxamat qilib: -So‘zda sehr, she’rda hikmat bor - deganlar. Qolaversa , yapon
    shoirlari toju-taxt vasvasasi, fisqu fasod, shaxvoniyat va molu dunyo xirsidan yiroq o‘z xayku va
    tankalarida Ollox yaratgan dunyoning go‘zal manzaralarini aks ettirib bandalarga hayrat bag‘ishlaydi ,
    insonlar qalbida Ollox qudratining tajallosi bo‘lgan tabiatning musaffo go‘zalligiga mexr - muhabbat
    uyg‘otadi .

    BUNDAN 600 YIL AVVAL YOZILGAN XAYKU VA TANKALAR

    * * *

    * * *
    Men shamolga qarshi yurayapman
    Soyabonim ortga tortadi
    Qishki yomg‘irlar vaqti . . .


    Sisey - DZYO .


    * * *
    Dexqon keng dalada
    Menga yo‘l ko‘rsatdi
    Yulingan sholg‘om bilan . . .


    Kobayasi ISSA .


    * * *
    Tashlandiq hovuzda
    Bir poy qamish shippak
    Ho‘l qor yog‘moqda . . .


    Yosa BUSON .


    * * *
    Tovuqlar katakda uxlashayotir
    Bu vaqt qor yana qalinroq
    Qoplayotir dalalar ustin


    Kobayasi ISSA



    * * *
    Shamol qalpog‘ini uchirib
    Savalaydi sellar beayov
    Qo‘riqchi dalada . . .


    XAGI - DZYO.


    * * *
    Oydin kecha -
    Naqadar ayanchli , naqadar baxtsiz
    Daladagi qo‘riqchi . . .


    Masaoka SIKI .


    * * *
    Daladagi qo‘riqchi
    Hatto Xizr bo‘lib kelganida ham
    Boshdan olmas yevroqalpog‘in .


    DANSUY .


    * * *
    Hoy , hovlida yana ne shovqin ?
    Bu qo‘riqchi , kuchli shamolda
    Yerga qulab tushdi gursillab .


    BONTYO .


    * * *
    G’oz , yovvoyi g‘oz ,
    Ayt necha yil uchding sarosar
    O’rmonlar ortiga , dengiz ortiga ?. . .


    Kobayasi ISSA .


    * * *
    Yovvoyi g‘ozlarning galasi ,
    G’og‘olab pastladi yaydoq dalaga .
    Kuchaymoqda tungi sovuqlar . . .


    KYOROKU .


    * * *
    Qizilishton taqillatmoqda -
    Kun botsa ham hamon tinmaydi
    Hamon o‘sha eski joyida . . .


    Kobayasi ISSA .


    * * *
    O’choq boshidagi kovakda
    Kuylar tamom o‘zin unutib
    Tanish chirildoq . . .


    Matsuo BASYO .


    * * *
    Teshik soyabon -
    Qishlov uchun qo‘l keldi juda
    Ko‘rshapalaklarga !. . .


    Yosa BUSON .


    * * *
    Sovuq tun
    Jig‘imga tegishchun qo‘shnilar atay
    Qozon taqirlatayotirmi ?


    Yosa BUSON .


    * * *
    Sichqon chiqib borar
    Ko‘rpam yonidagi jinchiroq sari
    Yog‘ ham muzlabdi . . .


    Yosa BUSON .
    * * *


    Matsuo Basyo yozgan xaykular:

    Qorli tong.
    Yana quritilgan baliqni
    Yeyman shekilli yolg‘iz bir o‘zim.


    ***
    Dengiz suvida suzib yurar
    Mayda yaltiroq baliqchalar
    Tutaman desang yo‘q bo‘lib qolishar.



    ***
    Sovuq shamollarda sholoplar eshkak
    Yuragim siqilar
    Tun yana ko‘z yosh…


    ***
    Shu qoyadan turib
    Ko‘m - ko‘k dengizga
    Qalpog‘imni uloqtiraman!


    ***
    Qishki dala
    Uzoqlarda yurar dexqonlar
    Qolgan - qutgan cho‘plarni yig‘ib


    ***
    Sochim o‘sibdi
    Ozib ketdim, rangim olingan
    Bug‘u oyidagi yomg‘ir to‘xtamas.


    ***
    Banan yaproqlari so‘lg‘in
    Oyning porlab chiqishini
    Sarg‘ayib kuzatar dexqonlar


    ***
    Yo‘llar toyg‘oq muzlama
    Attang, toyib yiqildi
    Shirakayf do‘stim.


    ***
    O’lgan o‘g‘lin eslab yig‘ladi ota
    So‘nayotgan gulxan cho‘g‘lari
    O’chib qoldi uning ko‘zyoshlaridan.


    ***
    Egnimdagi qog‘oz ko‘ylagimni
    Ivitib yirtibdi
    Bahor yomg‘iri.


    ***
    Muzlagan olabug‘a baliqlari
    Irjaytirib yotar tishlarin
    Sovuq do‘kon peshtaxtasida.


    ***
    Qaydasan sen, mening tayanchim?
    Xassa qilib olgan cho‘pagimni
    Sindirdi kuzgi shamol.



    ***
    Ufqlarga botmoqda quyosh
    Kuzgi daryo suvlarida
    Yaltillaydi mayda baliqlar.


    ***
    Choponim yupqa.
    Kun bo‘yi o‘tirib undagi bitlarni
    Terib o‘ldirdim.


    ***
    Juda qalin qor yog‘ibdi
    Endi Xakbinz tog‘idan
    Qanday oshib o‘tar odamlar?


    ***
    Yosinodagi gullagan giloslarni
    Ko‘rsataymi senga,
    Mening qalpog‘im?


    ***
    Oxir quvib yetdim
    O’tgan bahorni
    Olis “Vaka” bandargoxida.


    ***
    Voy bayov!.. Voy bayov!..
    Yana nima deyish mumkin siz xaqingizda
    Yosinodagi gullagan giloslar!


    ***
    Ot ustida uxlab qolibman.
    Uyg‘onganda ko‘rdim olisda oyni
    Tongi tutunlar.


    ***
    Qarayman, aylanar qorga
    Qorong‘u kechada
    Qishki yomg‘irlar.


    ***
    Ustunlariga has - xashak ilingan
    Ko‘prik xayrlashayotir
    To‘lin oy bilan.


    ***
    Qaydan keldi bu yalqovlik?
    Bugun arang uyg‘otishdi meni
    Shovullaydi bahor yomg‘iri.



    ***
    Qiziqamiz yonar qurtlarga,
    Qayiqchidan umid yo‘q, u mast,
    To‘lqinlar qayiqni surib bormoqda.


    ***
    Oydin qish kechasi
    Qor bosgan yo‘llar,
    Itga otay desam topilmaydi tosh.
    Жойлади: Маъмур
    Всего комментариев: 0
    Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
    [ Регистрация | Вход ]
    Copyright MyCorp © 2024
    Сайт управляется системой uCoz