Ijodingiz bilan anchadan beri tanishman, ko'p va xo'p xayrli
ishlar qilmoqdasiz!
Sizga birinchi marotaba email yozayapman, ushbu
adres orqali Jahongir akagayam yozib turar edim, bundan ikki yil oldin.
Bo'sh vaqtlarda yozishib tursak, ayrim savollar tug'ulib qoladi,
maslahat so'rab turishlik deganday.. Faqat bitta iltimosim bor, email
orqali yozishib tursak, web sahifangizda chiqishlar qiladigan darajada
qalamim o'tkir emas...
Ammo vatandagi rejimning ashaddiy dushmanlaridan
biri deb hisoblayman o'zimni, ammo biroz qo'rqoqligim bor, EMail
adresimdanam bilinib turibdi, anonym. Shunday qilishga majburman,
chunki vatanda tirikchiligim bor, biznes deganday, har holda rejim
yaloqxo'rlari sezib qolishsa bor-budurimdan ayrishlari tayin.. shu
uchun aybga buyurmaysiz, bu uzrimni Jahongir akagayam vaqtida
aytganman. Vaziyat boshqacha tus olib, vatanimizga omon-omon zamonlar
kelib, ko'kragimizga shamol tegadigan bo'sa, albatta shaxsiy adresim
orqali xat almashamiz degan umidda, Vatandosh.
O'zbek.
Олмония.
Таҳририят:Ҳурматли
ватандош, ушбу йўллаган мактубингизнинг ўзи қаҳрамонлик.Биз сиз билан
фикр алмашишга ҳамиша ҳозирмиз.Сиз ўзингизнинг фикрларингиз билан
кўпчиликка мурожаат қилишингизнинг ўзи журъат ҳамда жасорат
белгисидир.Сиздан қатъий фикр ва таклифлар битилган мактублар кутиб
қоламиз.Бу эса ўз навбатида Ватан истиқболи учун хизмат бўлишига шубҳа
йўқ.