Ризобек Воскресенье, 2024-05-19, 06.37.44
Приветствую Вас Гость | RSS
Главная | | Регистрация | Вход
Меню сайта
    Статистика

    Онлайн всего: 1
    Гостей: 1
    Пользователей: 0
    Форма входа

    Главная » 2008 » Август » 30 » Адабий меросни ўрганамиз
    19.29.06
    Адабий меросни ўрганамиз

     Mohlaroyim Nodira

    Mohlaroyim Nodira yuksak badiiy iste’dod sohibasi, dilkash, samimiy, ma’rifatparvar o’zbek ayolidir. U Uvaysiy, Mahzuna, Dilshodi Barno, Anbar otin kabi o’zbek mumtoz shoiralari safining sardori bo’lgan.
    Shoira 1792-yili Andijon hokimi Rahmonqulibiy oilasida tug’ildi. O’tkir Zehnli Mohlaroyim otin oyi qo’lida ta’lim oldi, xususiy mutolaa bilan shug’ullandi. Sharq mumtoz adabiyotini jiddiy o’rgandi, she’rlar mashq qilib, yoshligidayoq shoira sifatida tanildi. Uning ulg’ayish yillari adabiyot ahli davrasida kechdi. 1808-yili Norbo’tabiyning o’g’li Umarxon bilan oila qurdi. 1810-yilgacha Marg’ilonda, undan keyin umrining oxirigacha Qo’qonda yashadi. Mohlaroyim Muhammadalixon va Sulton Mahmudxon ismli o’g’illar tarbiyaladi. Amiriy taxallusi bilan ajoyib she’rlar yaratgan Amir Umarxon 1822-yilda vafot etib, umr yo’ldoshi Nodirani yolg’izlatib ketdi.
    Yirik shoir Amiriy bilan birga o’tkazgan hayot davri Nodira qismatining baxtli onlarini tashkil etdi. Bu davrda u turmush lazzatlaridan bahramand edi. Farzand tarbiyaladi, tabiat va hayot go’zalliklarini tarannum etuvchi ajoyib she’rlar yozdi. Biroq Amir Umarxonning nogahoniy o’limi tufayli Nodira nazmidagi shodlik va baxt tuyg’ulari o’rnini alam va ayriliq iztiroblari egalladi. Haqiqiy ishq tasviri kuchaydi, tasavvufiy ramzu timsollar kuchaydi, sog’incha va armon nolalari rivoj topdi. Mohlaroyim badiiy ijod bilan astoydil shug’ullandi. Nodira, Maknuna, Komila taxalluslari bilan she’rlar yozib, mukammal devon yaratishga muyassar bo’ldi.
    Amir Umarxon vafotidan keyin Nodira davlat ishlarida ham bosh-qosh bo’ldi, bu borada o’g’li Muhammadalixonga homiylik qildi. U ijtimoiy umrini ezgu ishlarga safarbar etdi. Shoiraning mana bu dono so’zlari uning ijtimoiy faoliyatida o’zining amaliy ifodasini topdi:
    Xusho oqilki, aylab yaxshilik bunyodini mahkam,
    O’tar dayru foniydan o’zini neknom aylab.

    Nodira ezgu ishlar bunyod etdi va o’tar dunyoda yaxshi nom qoldirdi.
    Mohlaroyim Nodira islom diniga samimiy e’tiqod qo’ygan, tasavvuf maslagiga mehr bog’lagan komil musulmon shoira edi. U islom va tasavvuf yo’nalishida katta kitoblar yaratmagan, tafakkur tarixida iz qoldurgulik kashfu karomatlar ko’rsatmagan bo’lsa-da, ijtimoiy faoliyatini bu ezgu yo’lda shu qadar fidoyilik bilan safarbar etdiki, uning sa’y-harakati bilan din hamda millat takomili uchun tabiiy sharoit vujudga keldi. Shoiraning amaliy faoliyati nazariy va ma’rifiy yutuqlar omili bo’ldi. Nodira ushbu tarixiy xizmatlarini devoni debochasida iftixor va qoniqish hislari bilan yozadi: “Ulamoyi din rivojlarig’a imdod yetkurdim, to shar’i sharif rivoj topti, zuhd ahliga ixlos va aqidatan zohir qildim, to din va millat kamol topti. Fazlu donnish qabilasiga shafqat va marhamatdin oncha inoyatlar ko’rguzdumkim,, e’tibor darajasig’a taraqqiy qildilar. Soyil va gadolarni talablarig’a yetkurib, karam va ehson eshikidin noumid yubormadim. Mushafi sharif va kutubi diniy va rasoyili yaqiniy ko’p yozdurdim. Barchasin xolisanlilloh vaqf qildim”. Bunday iftixor izhori Nodira g’azallarida ham sado beradi:
    Din Nodiradin kamol topdi,
    Iqbol rafiqu mulki obod.

    Yuqoridagi singari savob ishlarni amalgam oshirish Nodira faoliyatining qat’iy shioriga aylangan edi. Uning:
    Aylag’il obod tavfiqu adolat mulkini,
    Komila, mavlo yo’lida himmati mardona tut
    bayti mazkur shiorning badiiy ifodasidir.
    ammo nosoz ijtimoiy muhit Nodiraga vafo qilmadi. Jamiyatdagi ayovsiz kurash Mohlaroyim singari nodir san’atkorlarni o’z manfaati yo’lida qurbon qildi. Aqlu donnish va ezgu fazilatlar sohibi Nodirayi davron nomi bilan shuhrat qozongan shoira 1842-yili Qo’qon bosib olingan paytda Amir Nasrullo tomonidan o’g’illari Muhammad Alixon, Sulton Mahmudxon; mahramlari Xushholbibi, Norbibi, Oyshabibilar bilan birga qatl qilindi.

    Жойлади: Маъмур
    Всего комментариев: 0
    Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
    [ Регистрация | Вход ]
    Copyright MyCorp © 2024
    Сайт управляется системой uCoz