«Ҳайҳот!» дегим келади бу кун,қўлларимни кўкка кўтариб, Тирик бўлиб тирик менмас,бўйним узра сиртмоқлиғидан. «Водариғo!» дейман бу кун, қўлларимни кўкка кўтариб, Қирғин бўлғон ўзбегимнинг қўлларида тўқмоқлиғидан.
«Ҳайҳот!», дегим келади бу кун, қўлларимни кўкка кўтариб, Ватандошлар бу кун қоч-қоч, қатағону курмaклиғидан. «Водариғo!» дейман бу кун, қўлларимни кўкка кўтариб, Минг тепкидан тебранмаган ўзбегимнинг сероблиғидан.
Актам Усмон Эшмонов[ Нақшбандий] 6.08.2005
«Hayhot!»
«Hayhot!» degim keladi bu kun,qo’llarimni ko’kka ko’tarib, «Evoh» degim keladi bu kun,qo’llarimni ko’kka ko’tarib. Faryod etgim keladi bu kun,qo’llarimni ko’kka ko’tarib, La`nat aytgim keladi bu kun,qo’llarimni ko’kka ko’tarib.
«Hayhot!» degim keladi bu kun,qo’llarimni ko’kka ko’tarib, Andajonda jigargusha voldialar,ahli turon qatlomlig’idan. «Vo darig’o!»deyman bu kun qo’llarimni ko’kka ko’tarib, Islomkarim qattolligi,o’zbegimning gumrohlig’idan.
«Hayhot!» degim keladi bu kun,qo’llarimni ko’kka ko’tarib, O’zbegimning mak,sadlari jig’ildonu, tamoqlig’idan. «Vo darig’o!»deyman bu kun qo’llarimni ko’kka ko’tarib, «Hudojuyu», «musulmonman» deganlarning qalloblig’idan.
«Hayhot!» degim keladi bu kun,qo’llarimni ko’kka ko’tarib, Tirik bulib tirik menmas,bo’yinm uzra sirtmoqlig’idan. «Vo darig’o!»deyman bu kun qo’llarimni ko’kka ko’tarib, Qirg’in bulg’on o’zbegimning qullarida tuqmoqlig’idan.
«Hayhot!» degim keladi bu kun,qo’llarimni ko’kka ko’tarib, Vatandoshlar bu kun qoch-qoch,qatag’onu,kurmaklig’idan. «Vo darig’o!»deyman bu kun qo’llarimni ko’kka ko’tarib, Ming tepkidan tebranmagan o’zbegimning serobliig’dan.