Ризобек Воскресенье, 2024-05-05, 20.54.35
Приветствую Вас Гость | RSS
Главная | | Регистрация | Вход
Меню сайта
    Статистика

    Онлайн всего: 1
    Гостей: 1
    Пользователей: 0
    Форма входа

    Главная » 2008 » Ноябрь » 29 » Бизга ёзадилар
    10.40.38
    Бизга ёзадилар
    Shuhrat
    Sharmandalik...

    Lermontov, Pushkin , To'qay,
    Osmonda uch yulduzdir.
    Ey kuchuk umring o'tguncha
    Uch yulduzga hur. (To'qay)

    Ruslarda Visotiskiy, O'zbekda Dadaxon Hasan!

    Boshqa dunyoning hech joyida bular kabi o'chmas va porloq yulduz yo'q. Istasangiz ham, istamasangiz ham shunday va shunday bo'lib qoladi.

    Dadaxon Hasanning obro'sini to'kishga urinish, bir gala telbalarning osmondan Yupiter planetasini tushirishga harakat qilayotganiga o'xshaydi.

    Ikrom Yakubov davlat topshirig'ini bajarish uchun yani muholifatni bir biriga qayrab, Sizni yagona muholifat, yagona lider qilib ko'rsatib keyin esa Sizni o'ldirib qaytish uchun borgan. O'ylab ko'ring Dadaxon Hasanni savodsiz, otarchi degan gap ERKka tegishli saytda chiqishi Sizning obro'yingizni yer bilan bitta qiladi.Bu bilan Muhammad Solih savodsiz, hatto Dadahon Hasanning kimligini ham bilmaydi degan gaplar chiqyapdi.

    Hozir Dadaxon Hasanga navbat keldi, undan keyin ukalaringiz, hatto oilangiz bilan ham qarama qarshi qilish maqsadida borgan u josus.

    U SNB bola, Dadaxon Hasan tergov berganda yonida edim deb o'zi aytdi. Balki bir Dadaxon Hasan emas Ukalaringizni ham tergov qilgandir. Balki Mamadali Mahmudovning tirnoqlarini ham o'sha SNB  bola qo'porgandir. Bo'lmasa qanday 27-yoshda mayyor bo'ldi.Faqatgina Siyosiy yo'lidan qaytmagan maxbuslarni sindirgan, yo'lidan qaytargan, har qanday razillikdan qaytmaganlargina  bunday tez ko'tariladi.

    Etibor bering shu SNB paydo bo'lgandan keyin saytlar rasvo bo'ldi. Muholifat esa bir birini otib o'ldirishga tayyor bo'ldi. Bu ketishda ketsa Sizni butun muholifatga terrorchilikda ayblatib, hatto o'g'lingizni Ben Ladenga bog'lab sudga berishgacha olib boradi.

    Siz o'ylashingiz mumkin, bu SNB bola karimovga qarshi gapiryapdi, ko'rsatmalar beryapdi deb. Ammo qarang bironta ko'rsatmasida asosli bitta gapi yoki qo'lida bitta fakti bormi?

     U  Sizni yo'qotsa, muholifatni bir-biriga dushman qilsa, berilgan topshiriqni bajarsa 30 yoshda general bo'ladi.

    Sizning "sahoba"laringiz muholifatga qarshi g'iybat qilish uchun sarflayotgan vaqtini , qamoqdagi siyosiy maxbuslar uchun, ukalaringiz uchun sarflasa, ular uchun biror nimalar yozsa, piketlar uyushtirsa hech yo'g'i bir kunlik kaltakdan qutiladilar. Bizlar bir birimizni ustimizdan kulib, bir birimizni qoralab vaqt o'tkazayotganimizda, Ular Ikromga o'xshagan yaramaslarlardan dubinkalar yeb, qiynoqlar ostida o'limni orzu qilib yotgan bo'ladi.

    Ularning bir kuni qanday o'tishini bilasizmi?

     Ayniqsa ERKka, Muhammad Solihga tegishli maxbus bo'lib?

    Bugun qochoqlikda saytingizda Dadaxon Hasanni tergov qilganlarni sayratayapsiz. Balki erta bir kun mabodo prezident bo'lib qolsangiz Shovruh, Emin Usmonlarni o'ldirgan, Andijon xalqini qirgan jallodlarni o'ng qo'l vazir qilib olarsiz balki?

    Dadaxon Hasanni tergov qilgan  bilan Siz qaysi vijdon bilan telefonda gaplashasiz?

    Siz qaysi vijdon bilan unga qo'l berasiz?

    O'zbek Muholifatining kuni SNBga qoldimi?

    Ponada SNBning maqolasini o'qib men faqat sizdan xafa bo'ldim. Safar Bekjonning izohini, ukangiz Maqsud Bekjonning SNBga yozgan so'zlaridan emas, faqat Sizning so'zlaringizni o'qib xafa bo'ldim. Chunki Siz savodli odamsiz, Dadaxon Hasanning kimligini bilasiz.

    Dadaxon Hasanni savodsiz,  otarchi deyish - bu sharmandalik, bu savodsizlik, bu uyat !

    28.11.2008.

    Жойлади: Маъмур
    Всего комментариев: 0
    Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
    [ Регистрация | Вход ]
    Copyright MyCorp © 2024
    Сайт управляется системой uCoz