U
katta bir tumanning hokimi. Kecha ishlari juda ko'p edi. Charchagan.
Bugun esa tong saharlab hotini uyg'otdi. Uyg'ondiyu bugun tummanning
bir chekka qishlog'iga borib majlisda qatnashishi kerakligi
momaqaldiroqdek bang'illab esiga tushdi. E ...sini deb g'ijinganicha
hotini tayyorlagan ertalabki nonushtani eya boshladi. Qaymoqni tandirda
yopilgan non ustiga surdiyu negadir birdan 15 yil oldin Amerika Qo'shma
Shtatlarida o'qib yurgan kezlarini esladi. O'shanda qanchalar
sog'inardi bu kunlarni. Tandirda yopilgan non, ertalab sog'ilgan sut,
o'zimizning ko'k choy ... ehhh bularga nima etsin dedida yana Hudoga
shukur shu kunlarga etkazganiga deb qo'ydi.Soat 6:00. Tashqarida
shafyor kutib turibdi. Moshinaga endi mingan edi hamki mo'tabar
Onajonining "O'g'lim non yoldoshing boladi, emasang ham yoningda olib
ket"-degan gaplarini eshtdi. Eh Onajonimey. Amerikada o'qigan
kezlaridayam haftasiga bir-ikki marta telefon qilmasa ko'ngli joyiga
tushmasdi. Yana u paytlari bu tumanlarda telefon tarmoqlari eski, shu
tufayli gaplshish ancha qiyin edi. Gohida telefonda gaplaship darsga
ham kech qolardi. Chunki o'zi sog'inmasa ham Onajoni uni juda
sog'inishini bilardida.
Shu o'ylar bilan yo'lni ham yarimini yurib bo'lishdi.
Yo'l chetidagi uylarga qarab qaysidir honadon Amerikadan qaytib kelgan,
manabu esa o'ylashicha, Koreaga ketgan o'zbeklardan bo'lsa kerak, uyini
oldida O'zbekiston bayrog'i yonida Korea bayrog'i ham bor. Keyingi
yillarda shu odatga aylandi. U AQSHda vaqtlarda ko'p O'zbek oilalari
chet ellarga ko'chib ketishgandi. Mana endi Hudoga shukur, yurtimiz
juda rivojlangan, chetga ketgan O'zbeklar hamon qaytib kelish istagida,
qaytib kelganlari esa, uyining oldiga mana shunday ramz sifatida oldin
yashagan davlatining bayrog'ini ham osib qo'yishibdi.
Manzilga ham etib kelishdi. Hali majlis boshlanishiga yana 15 minutcha
vaqt bor. Bino orqasidagi bog'ga o'tdi. Juda so'lim. Gullar. Qip-qizil.
Shunday go'zal ediki, ehhh qishloqning o'z gashti borda. Bu bog'ni
qachondir, qaerdadir ko'rgan. Ho'v anavi o'rindiq (skameyka) ham esiga
tushdi. Yonidagi olma darahti. Kichkinagina favvoracha (fantan). Balkim
boshqa joyda ko'rgandir. Bo'lishi mumkin. Sal nariga o'tdi. Mana
bog'bon ham shu erda ekan. Hali yosh ekan deya o'yladi. Yuzi ham
tanish. Bog'bon esa savolni yuzidan o'qib olganday:
"O'zi kasbim boshqa, bu bog'da otam ishlardi, qazo qildilar, endi ish
vaqtim boshlangunga qadar men qarayapman"-deya javob berdi. Shu 15
minut ichida shunaqa ko'p narsalarni gaplashishdiki, fikrlari bir
joydan chiqib, bir hil hulosalarga kelishdi. 15 yil do'st bo'lgan
odamdek.
Birin ketin minbarga chiqib o'z fikrlarini bildira boshlashdi. Ochiq
minbar. Kim nimani hohlasa shuni gapiradi, albatta mavzuga ta'alluqli.
Oralarida hokimni tanqidlovchilar ham topildi.
Kimdir pahtani tomchilatibb sug'orish tehnologiyalari eskirgan, uni yangi programmalar bilan taminlash kerakligidan nolisa,
kimdir dala shiyponida hali ham komputerlar bir biriga kabellar orqali
ulanganligi, qo'shni tumanda allaqachon 100 % wireless, qachongacha
o'ralashib yuramiz deya nolirdi.
"Mana yaqinda Yaponiyadan programmist immigrantlar kelyapti, shu
qishloqqa yuboramiz, dala shiyponlariniyam shu 15 kun ichida yangi
komputerlar bilan taminlaymiz, har bir dala shiyponi o'zining
web-saytini internetga qo'ysin, bundan keyin majlislarimiz ham distant
usulda boladi"-deya kerakli odamlarga buyurdi. Majlis uzoq davom etdi.
Uyga kelganda qosh qoraygan, o'zi rosa charchagan edi. Yotish oldidan
electron pochtalarini tekshirdi. AQSH dagi frantsuz o'rtog'idan hat
kelibdi. Yaqinda O'zbekistonga turist sifatida kelayotgan ekan,
Samarqand-Bukhoro-Khivani aylanmoqchi, agar visa ololsa albatta. Ish
topsa qolish niyati ham yo'q emas.
"O'zbek qizlariga uylanib saylovlarga huquqsiz fuqarolik passportini
olaman deb hayolinga keltirma, ular o'zbek yigitlaridan boshqalarga
tegishmaydi - deya hazil javobini yozdida, har doimgidek, qadrdon, internet nashriga kirdi.
U endi o'zining real hayotiga qadam qo'ygandek edi. Hamma do'stlari shu erdadek, o'zini erkin sezardi.
Bir boshdan yangi postlarni o'qishga kirishdi.
Bu uning har kungi odati. Forum gallereyasiga kirdiyu, qotib qoldi.
O'sha bog', o'sha olma darahti, o'sha o'rindiq va o'sha bog'bon. Ehhh,
shunday vaziyatni qo'ldan boy beribmana, e hokim bomay ket, deya o'zini
koyigan bo'ldi.
Rasmda esa, o'zining o'tkir fikrlari bilan boshqa userlardan ajralib
turuvchi, gohida hazilkash, gohida qiziqqon, forum qoidalaridan chetga
chiqsang ban berish huquqiga ega bo'lgan Moderatorlardan biri jilmayib
turardi... Ulugbek.