2005 yili O'zbekiston Prezidenti,deb atalayotgan kimsa ''anov qishloqlik bolani tanobini tortib qo'yinglar'',deb buyruq bergan emish.Menga buni uydan tutib kelishgach suhbat qilgan Namangan shahar IIB boshligi aytgan edi.U yana,''yuqoridan nima deyishsa shu bo'ladi,ungacha hibsda ushlab turamiz'',dedi.Nihoya shu bo'ldiki,yozgan she'riy mashqim Karimovga haqorat bo'lib,davlatni to'ntararmish.Demak,men qamoqda o'tirishim kerak.She'r mening farzandim.Demak men uningg otasi.Bola ota uchun,ota bola uchun qilmishlariga javob bermaydiku.Unda kim aybdor? Juda galati-a? Shu o'rinda bir voqeani sizga shunchaki aytib beray. 1995 yil qamashganda osha yillari shahar sudyasi bo'lib ishlagan Abdurasul Eronov,degan yigit bor edi.U:''Rizo aka ,keling menga ''otvod'' (rad-izoh.R.O)bering,aybingiz yo'q,lekin ''srok'' bermasam bo'lmaydi.Boshqa hakam sudlik qilsin'',deb iltimos qildi.Men esa ''zakaz''(buyruq-ba'zi so'zlarni ular aytganicha ishlatyapman,tushunarli bo'lishi uchun) bilan qamalganlar sirasiga ham qamaladilar,ular ozod etilish uchun qamalmisliklarini bilganim sabab,''yo'q sizning sud mahkamasini olib borishingizni rad etmayman'',dedim.U:''bo'lmasa 10 yil beraman, 8 yil bersam prokuror ''protest''(norozilik)bildiradi,unda 12 yil berishadi.Nima qilay'',dedi.Men kulib:''bering'',dedim.U bechora meni qamagandan so'ng lavozimda ko'tarildi.O'sha Abdurasul Eronov hozir Namangan viloyat fuqarolik sudining raisi. Bugun u voqea tafsilotlarini yozmoqchi emasman.Lekin uni bejiz eslamadim.Keyingi gal men Vatanni qamalib qolishdan cho'chib tashlab chiqib ketganim yo'q.Hadeb,ketma-ket qamalib umrimning ko'pi qamoqda o'tdi,bu yogiga ham behuda o'sha yoqda yurmayin,deb bosh olib ketdim.Eng galati tomoni menga raqib bo'lganlarning hammasi ham huddi Karimov singari po'pisa qilishi,ya'ni: ''sudga berib qamataman''.Nima sababdan,deya har gal po'pisachidan so'rayman.Yozgan she'ring uchun,deydi U. Men kulaman.Karimovning po'pisachi ''bolachalari'' esa figoni falakka ko'tariladi.Biz buni qamaymiz desak, kuladiya,deyishadi. Ha,kulamanda.Chunki sizlarning kimligingizni bilib qolganimdan kulaman. Mana yaqinda bu yoqda ,ya'ni Evropada ham bir imzosiz kishi menga savolnamo hat yozibdi.U: ''do'stlaringiz hayvonlar haqida yozgan she'rlaringiz uchun sudga bermoqchi bo'lib yurishibdi,Siz o'zingizni o'zingiz oqlay olasizmi?'',degan savol qo'yibdi.Men nimaga o'zimni-o'zim oqlayman.Karimovning po'pisachi ''bolachalari'' o'zlarining soyalaridan ham qo'rqib yurishadi.Menda esa bu his yo'q.Men faqat Ollohdangina qo'rqaman.Hat yozgan kishi ham galati.Ha,to'gri u bilmaydida,o'sha sudga bermoqchi bo'lganlar Karimovning Bu yoqqa dastyorlikka jo'natilgan ''bolacha''lari ekanini.Men bilaman.Bilganda ham isboti bilan bilaman.Yaqinda bilib-bilmay ularning o'zlari ham ogizlaridan gullab qo'yishdi. Ana shunaqa hat yozgan ogaynichalish.Biz tomonda turganlarning maqsadi bunday Karimov ''bolacha''larining tomirini quritish.Va bu yo'lda millat uchun haliku qamoq,hattoki o'limdan ham qo'rqmaymiz. Rizo OBID.